#

QOTIL RUX. 4-qism. (Mistika,triller).

-Xo'sh. Sanjar qidiruv natijasida paydo bo'lgan ma'lumotni o'qiy boshladi.
-Davron Axmedov bundan 2 yil oldin ma'shum qotillikka qo'l urgan shaxs. U o'z oylasini shavqatsizlarcha o'ldirib so'ngra joniga qasd qilgan. Odamlarni aytishicha Davron Axmedov o'limi oldidan "Men xaqimda o'ylama" degan gapni ko'p marta ta'kidlagan. Qaxramonimiz bu ma'lumotni o'qirkan vujudida qo'rquv paydo bo'la boshlagandi.
-Xabarni manbasini nima ekan. Xa topdim bu yerda shaxar arxivini rasmiy sayti yozilgan. Tushunarli. Vaqt sekin astalik bilan o'tib borarkan Sanjar ko'chaga chiqib to'g'ri shaxar arxiv bo'limiga yo'l oldi.
-Bugun o'zimi qiziqtirgan savollarga javob topaman degan umiddaman. Oradan ma'lum vaqt o'tgandan so'ng qaxramonimiz arxiv binosiga yetib keldi ichkariga kirgach atrofdagilardan o'ziga kerakli xonani so'ray boshladi. Biroz qidirishlardan shu shaxarda ishlagan shaxslar xaqida ma'lumotlarni saqlaydigan xonani topdi. Eshikni taqillatib ichkaridagi odamga salom berdi. U yerda bir yosh ayol aniqrog'i arxiv mudirasi o'tirgandi.
-Kirsam maylimi.
-Marxamat. Sanjar darrovda maqsadga o'tib Davron Axmedov xaqida so'radi. Mudira esa xujjatlar orasidan u xaqida ma'lumotni topib qaxramonimizni yoniga qo'ydi so'ng o'zi xonani biroz muddatga tark etdi.
-Bu yerda yozilishicha qotillikka qo'l urgan shaxs telba ekanligi tasdiqlangan. Sanjar xujjatlar jamlangan jildni varaqlar ekan to'satdan oxirgi saxifada turgan CD diskka ko'zi tushdi.
-Qiziq bu nima ekan. Qaxramonimiz sekin asta diskni cho'ntagiga soldida darxol uyiga ravona bo'ldi. Qosh qoraygach Sanjar uyiga yetib keldi do'stlari esa xamon uyga kelmagandi.
-Komil bilan Alisher qayerda qoldi. U o'z xonasiga kirgach cho'ntagidan boyagi diskni oldi va Dvd playerga qo'ya boshladi. Ma'lum vaqt o'tgandan so'ng tv ekranida yozuv paydo bo'ldi. U yerda qandaydir shaxs birin ketin odamlarni o'ldira boshladi.
-Menimcha bu o'sha Davron Axmedov. Qotillik davomida u xar bir o'ldirmoqchi bo'lgan odamidan "Sen u xaqida eshitdingmi" deb so'rardi shundan so'ng qo'lidagi to'pponcha bilan otib tashlardi. Birozdan keyin ekran qorayib yana bir tasvir paydo bo'ldi. Unda qotil qandaydir uyda yosh bir ayol bilan suxbatlashardi.
-Sen u xaqida eshitdingmi.
-Kim xaqida.
-Eshitgan bo'lsang seni o'ldirishim kerak faqat to'g'risini ayt.
-Yo'q siz adashyapsiz men xech kim xaqida bilmayman. Shu joyiga yetganda yozuv o'z nixoyasiga yetdi. Bu voqealarni ko'rgan qaxramonimizni tanasini sovuq ter bosdi.
-Atrofimni sirli jumboqlar qurshab olgan ko'rinadi. Bu ayol qotilni yaqin insoni bo'lsa kerak. Uni topib b tezroq barcha savollarimga javob topishim kerak. Xozir ancha kech bo'lib qoldi ertaga uchrashaman. Osmonni bulut qoplab yomg'ir yog'ishdan darak berib turganda to'statdan pastgi qavatda qadam tovushlari eshitilib qoldi. Buni sezgan Sanjar darxol o'rnidan turdida 1-qavatga tusha boshladi. Zina bo'ylab xarakatlanarkan nigoxlari oshxona tarafga ketayotgan Alisherga qadaldi. U o'zini qandaydir g'alati tutardi qaxramonimiz eshikni oldiga kelib asta sekin ichkariga qaradi va manzarani ko'rib daxshatga tushdi chunki u yerda Alisher qo'lida qonga belangan pichoq bilan turardi. DAVOMI BOR.

#Qo'rqinchli voqealar#31#qotil#4qism#mistikatriller
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика