#

QOTIL RUX. 2-qism. (Mistika,triller).

"Endi seni o'y-xayollaring egasiman" Pastgi qavatdan eshitilgan bu ovoz qaxramonimizni tinchini buzgandi. U darxol o'rnidan turib do'stini yotog'i tomon otlandi Alisherni xonasiga yetgach eshikni ochdi eng qizig'i u yer suv quygandek jim-jim edi ichkarida tashvishga soladigan xech nima yo'q bo'lib barcha narsa o'z o'rnida turgandi.
-Qiziq. ovoz menga yaqqol eshitildi lekin bu yerda sukunat xukmron. Sanjar o'z xonasiga ko'tarilarkan oldinda o'zini nimalar kutyatgani xaqida o'ylardi.
-Bu uy juda xam sirliga o'xshaydi. Tong otdi Sanjar nonushta qilib ko'chaga chiqarkan eshik tagida turgan Alisherga ko'zi tushdi.
-Bu yerda nima qilyapsan gap boshladi Sanjar.
-Bir joyga ketyatgandim.
-Tushunarli unda kechqurun uchrashamiz. Oradan ma'lum vaqt o'tdi uyda yolg'iz qolgan Komil xonalarni birma bir aylanib chiqardi
-Xa uyni ancha tartibga keltirish kerakka o'xshaydi dedi Sanjarni xonasiga kirarkan. Komil bolalik paytlaridayoq tozalikka ancha e'tibor berib kelgan. Xikoyamiz asosiy qaxramonlaridan biri bo'lgan Komil do'stini xonasini ko'zdan kechirarkan burchakdagi devorga ilinib turgan qop-qora plashga ko'zi tushdi.
-Sanjar shunaqa kiyimlarga qiziqarkanda. Xonani jixozlar bilan boyitish kerakka o'xshaydi. Krovatni yonidagi tortmani oldiga kelgan qaxramonimiz uni ichini ochib ko'rdi va boyagi qog'ozga ko'zi tushdi. Komil qog'ozdagi so'zlarni o'qib chiqa boshladi.
-Men xaqimda o'ylama. U sekin asta varoqni orqa tarafiga qaradi va xayratdan yoqa ushladi sababi qog'ozda qop-qora plashda yuzi tasvirlanmagan kimsa chizilgandi.
-Bu shunchaki o'xshashlikmi yoki.dedi qaxramonimiz devordagi plashga qarab. Chindan xam qog'ozga chizilgan sharpani kiyimi devordagi plash bilan bir xil edi. Kech tushdi Alisher bilan Sanjar uyga qaytishdi Komil esa xamon tozalov ishlari bilan band edi.
-Sizlar mexmonxonaga borib turinglar bir ish qilamiz dedi Alisher.
-Xo'sh nima ish ekan
-Buni o'shanda bilaszlar. Sanjar xonasiga kirgach o'ng tarafidagi mavxum plashga nigoxi qadaldi.
-Bu qayerdan paydo bo'ldi. Komilni ishi bo'lsa kerak. Qaxramonimiz kiyimlarini almashtirib endi xonadan chiqmoqchi bo'lgandi to'satdan yerga "triq" etib tushgan narsani ovozini eshitib to'xtadi va darxol o'sha tomonga qaradi yerda kichkina tangaga o'xshash narsa yotgandi Sanjar o'sha matoxni qo'liga oldi.
-Bunisi endi nima bo'ldi. Tangada qandaydir so'zlar yozilgandi.
-Qora soya.bu kimnidir nomi bo'lsa kerak. Xotirjamlik bilan mexmonxonaga kirgan qaxramonimiz do'stlariga gapira ketdi.
-Xo'sh Alisher nima ish qilmoqchi eding.
-Mana bu stol atrofiga yaqinroq o'tiringlar. Ular stolni oldiga yumaloq bo'lib o'tirishdi.
-Xa aytgancha. Alisher o'rnidan turib xonadagi chiroqlarni o'chirib stolni o'rtasiga sham qo'ydi.
-Nimalar qilyapsan so'radi Komil.
-Xo'p endi bir-birimizni qo'limizdan maxkam qisamiz.
-Nega so'radi Sanjar.
-Men xozir kelajakni ko'rib beraman.
-Ey do'stim qo'ysangchi. Uchchalasi yumaloq shaklda o'tirishib qandaydir marosim o'tkazishardi. Shu payt kutilmaganda Alisherni axvoli yomonlashib o'zi bilmagan xolda "Men xaqimda o'ylama.Men xaqimda o'ylama."degan so'zlarni bir necha marotaba aytardi. Bundan biroz xavotirga tushgan Komil Sanjarga qarab gapira boshladi.
-Kim xaqida o'ylamaslik kerak. Qaxramonimiz qo'rquv bilan javob qaytardi.
-Qora soya. Shu payt birdan sham o'chib qoldi va xona zulmat qariga cho'mdi. DAVOMI BOR.

#Daxshatli voqealar#313#qotil#2qism#mistikatriller
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика