"Men xaqimda xech qachon xech kimga ayta ko'rma". Soat kechki 6 ni ko'rsatyatgan bir payt xikoyamiz bosh qaxramonlaridan biri Sanjar shaxar chetidagi uylardan birining qarshisida turardi. -Vanixoyat 1 soat deganda yetib keldim. Qaxramonimiz ota-onasidan erta yetim qolgani sababli bolalar uyida katta bo'lgan. 23-yoshga to'lgach o'ziga yangi (bu uyni yangi deb xam bo'lmaydi) sotib oldi. -Xo'sh endi uyga kirsam xam bo'ladi. Sanjar ichkariga kirgach qo'lidagi changni qoqdi va uy chiroqlarni yoqa boshladi. Ushbu turar joy 2 qavatdan iborat edi. Uy ancha tashlandiq xolatda ekanligi sababli narxi xam unchalik qimmat emasdi.Qaxramonimiz ushbu koshonani biroz yoritgach 2-qavatga ko'tarildi so'ng shaxsiy xonasiga kirdi u yerda bir donadan krovat xamda tortma mavjud edi. Shift va devorlarni is bosib ketgandi xullas bu uyni anchagina tartibga solish shart xolatiga kelib qolgandi. -Xo'sh. Xozircha yotog'imni yaxshilab olay keyin boshqalar xaqida o'ylayman. Yeng shimarib ishga kirishgan qaxramonimiz taxminan 2 soat ichida xonasini tartibga keltirib oldi. -Xuuu vanixoyat tugatdim dedi krovatga o'tirarkan. Sanjar devorga boshini qo'yib o'ylanarkan to'satdan qarshisida turgan tortmaga ko'zi tushdi. -Qiziq uyni eski egasi xamma buyumini olib ketmagan ko'rinadi. Qaxramonimiz tortmani oldiga borib uni ochdi. Ichi deyarli bo'm-bo'sh edi ammo kichkina qog'oz tortmani bir burchagida ko'rinar-ko'rinmas xolatda turardi. Sanjar ushbu bir parcha varoqni qo'liga olib undagi yozuvlarni o'qiy boshladi. -Men xaqimda o'ylama.Men xaqimda o'ylama. Qog'oz shu so'zlar bilan to'lgandi. -Qiziq kim xaqida o'ylamaslik kerak. Qaxramonimiz varoqni yana qayta joyiga qo'ydi. Oradan 3 kun o'tdi. Kech bo'lgach Sanjar yo'l chetida ketib borarkan o'ng tarafdagi kichik tor ko'chada qandaydir mushtlashuv bo'layatganiga ko'zi tushdi. U yerda 5-6 nafar odam 2 kishini do'ppostlayotgandi. Qaxramonimiz o'sha tomonga xarakatlana boshladi buni ko'rgan bezorilar darxol qocha ketdi. Yerda chalajon bo'lib yotgan odamlarni oldiga borgan Sanjar ulardan xol axvol so'radi. -Alisher senmisan. Sen esa Komil dedi qaxramonimiz xayratlanib. -Kimsiz. -Men Sanjarman bolaligingdagi do'sting nima tanimayapsanmi. -Do'stim senmisan dedi Komil o'rnidan turarkan. -Xa menman oradan 10 yil o'tgan bo'lsa xam sizlarni bir ko'rishda tanidim. -Sanjar uzur og'ayni seni taniya olmadim dedi Alisher burnidagi qonni artib. -Bu yerda nima qilib yuripszlar. -Shu yerda tunab qolyapmiz do'stim dedi Komil. -Nega unda meni uyimga yuringlar bir o'zim yashayman. 3 ta do'st charog'on ko'chada ketib borishardi. -Ikkingizni bir odam olib ketgandi to'g'rimi gap boshladi Sanjar. -Xa shunday lekin bundan 1 necha yil oldin Komil ikkimiz u yerda ketdik o'shandan beri sarsonmiz. -Xaaa unda bugundan meni uyimda yashayszlar. -Yo'q do'stim senga ortiqcha yuk bo'lishni xoxlamaymiz. -Xijolat bo'lma Komil. Aytyapmanku yolg'iz yashayman deb axir sizlar bilan bir joyda ulg'ayganmiz. Vaqt allamaxal bo'lgach ular uyga yetib kelishdi. Qaxramonimiz do'stlariga xonalarini ko'rsata boshladi. Yarim tun. Soat millari taxminan 2:45 ni ko'rsatyotgan bir payt Sanjar Alisherni xonasidan chiqqan ovoz tufayli uyg'onib ketdi. DAVOMI BOR.