#

" Jumboq " ikkinchi fasl.

Qadrli o'quvchi yodingizda bo'lsa biz birinchi faslda to'rtta do'st va videodagi yozuvlar haqida to'xtalib o'tgan edik, ikkinchi faslda esa biz ularning boshidan o'tkazgan xodisalari va o'sha oq sharpaning nima ekani haqidagi savolga javob topishga urinib ko'ramiz. Baxtiyorning o'limi bizga kutilmagan va og'ir zarba bo'ldi. Men hattoki uning janozasiga ham bora olmadim, keyinchalik bilsam Odil va Abror ham janozaga borisha olmagan ekan. Men videoga tushurgan maxluq nima edi? Nega aynan shu voqeadan keyingina biz bilan ko'ngilsiz voqealar sodir bo'ldi? Savollar juda ko'p lekin javob umuman yo'q! Men shu savollarimga javob topishni juda juda istardim, faqat bu savollarimga kim javob bera olishini aniqlashtirib olishim kerak! Shunday qilib men yana o'sha mulla bilan uchrashishga qaror qildim.
- Assalomu alaykum!
- Va alaykum assalom keling Marufbek!
- Yaxshimisiz domla?
- Yaxshi rahmat o'zizdan so'rasakchi, bolalarchi?
- Ahvolimni ko'rib turibsizku domla, bolalarni bilmadim Baxtiyor.
- Ha habarim bor Alloh oxiratini obod qilsin!
- Ilohim aytganiz kelsin domla!
- Ho'sh qanday shamol uchirdi?
- Nima desam ekan, men tasmaga tushirgan o'sha sharpa haqida gaplashib olsak degandim!
- Nimani bilmoqchisiz?
- U kim va nega uni ko'rganimizdan keyin noxushliklarga yo'liqdik, iltimos menga odam tushunadigan qilib tushuntirib bersangiz?
- U haqida gapirganim bilan bu gaplarga ishonasizmi?
- Extimol ishonarman!
- Yaxshi, sizga qanday tushuntirsam ekan, hullas biz bu hayotda yolg'iz emasmiz, biz bilan birga yondosh olam vakillari ham istiqomad qiladi, siz muhrlagan narsa o'sha vakillaridan biri!
- Bu gaplarizga ishonishimni xoxlaysizmi?
- Ha! Mullaning bu javobidan keyin nima deyishni ham bilmas edim, lekin borgan sayin taxlikaga tushib qolayotganimni ham xis qilmoqdaman. Oradan ko'p vaqt o'tmay bu nomsiz narsa meni yo'qlab kela boshladi, uning aniq bir ko'rinishini ham bilmayman, uni nima deb atashni esa aytmasa ham bo'ladi. U har kuni turlicha qiyofada namoyon bo'ladi. Har tunda bir xil vaqtda 00 : 30. Mana hozir ham uni ko'rishdim, keyin esa bu voqealarni sizlar bilan o'rtoqlashishga qaror qildim. Gohida u oq tutun ortidan odamga o'xshab namoyon bo'ladi, gohida esa hamma joy qorong'u bo'ladida har bir burchakdan tushunib bo'lmas ovozlar yangraydi, agarda u shunday qorong'ulikda ovoz qaytarsa o'zi umuman namoyon bo'lmaydi, gohida esa quloqlarim ostida shivirlaydi, lekin uni nima deyayotganini umuman tushuna olmayman, qandaydir arabcha jumlalarni eslatuvchi so'zlar. Hullas kalom u har tunda turlicha namoyon bo'ladi. Uning bu xilma xilliklaridan aqldan ozib qolishim ham hech gap emas. Birovga aytay desam, ular menga ishonarmikan degan shubha gumonlarim aslo tinchlik bermaydi. Uch haftadan so'ng Abror kutilmaganda vafot etdi. Abrorning o'limidan bir hafta o'tib esa Odil ham vafot etdi. Men butunlay chorasiz qoldim. Shunday kunlarning birida mulla meni yo'qlab keldi (ikkisining suhbatidan ma'lum qismini kiritaman ).
- Marufbek gaplaringiz bilan meni ancha o'ylantirib qo'ydingiz, har so'zlar aytishi va uning mukammal ko'rinishi haqida menda tuzukroq taassurot ham uyg'onmayabdi!
- Domla men bor gapni aytdim, bundan ortiq hech narsa bilmayman!
- Telefoningizdagi videoni ko'rganimda unda arabcha yozuvga ko'zim tushgan edi.
- Uni kim ekanini bilasiz, mendan yashirmang, uchala do'stim ham halok bo'lgan!
- Bilaman hozir sizga oson emas, u yerda o'lim deya yozilgan edi!
- Demak bundan boshqa chora yo'q, o'qishdan ham foyda yo'q shundaymi?
- Ha shunday!
- Tushunishimcha bu bizni ajalimiz yani Azroil to'g'rimi?
- Uzur men borishim kerak! Mulla shunday deya o'rnidan turib chiqib ketdi, garchi u mening savolimga javob bermagan bo'lsa ham men buni juda yaxshi anglab turibman, o'qishdan foyda yo'q bo'lsa, demak u Azroil. Har bir soniya men uchun so'ngisi bo'lishi mumkin, agarda siz bugun oxirgi kuniz ekanini bilganizda nima qilgan bo'lar edingiz? E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

#Daxshatli voqealar#100#jumboq#ikkinchi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика