#

" Jumboq "

Bazan hayotimizda shunday sirlar uchraydiki uni yechmoqlikka bizning aqlimiz ojizlik qiladi. Gohida mana shu sirlarni o'zinga yaqin deb bilgan kishilar bilan o'rtoqlashging keladi, lekin hamma sening bu qarashlaringni to'g'ri deb bilmaydi, bazida seni aqldan ozganga chiqaradi. Bunday o'ylab qaraganda bu hayotda sog'lom odamning o'zi yo'q, hamma telba, kimdir uzoqni ko'ra biladigan darajada keng fikrlaydigan telba, yana kimdir esa xattoki oyoqlari ostini ham ko'rmaydigan darajada tor fikrlaydigan telba, bir so'z bilan aytganda hamma telba. Nega bunday o'ylayotganimning ham o'ziga yarasha sababi mavjud, negaki men ham ana shunday telbalarning biriman! Bu galgi hikoyamiz qahramoni ham aynan shunday holatga tushib qolgan edi. Yaxshisi hikoyani uning nomidan yozaman. 2010 - yil oliy o'quv yurtini tamomladik, biz to'rt kishi juda ham qalin do'stlarmiz, ular bilan yoshlikdan birga katta bo'lganman, maktabda bir sinfda o'qidik, keyinchalik oliy o'quv yurtida ham bir guruhda tahsil oldik, Baxtiyor, Odil, Abror va men. Avvalo o'zimni tanishtiray, mening ismim Maruf. Biz bu to'rtovlon bizni bu hayotda faqatgina o'lim ajrata oladi boshqa hech qanday ko'ngilsizlik ajrata olmaydi deya xisoblar edik, biz yanglish fikrlayotganimizni juda kech tushunib yetdik. Oramizda eng teran fikrlaydiganimiz bu Baxtiyor, chunki u hayotning ancha muncha og'ir yengilini ko'rib qo'ygan yigit edi. Uning yosh boshiga hayot qanday sinovlarni solmadi, shunday bo'lsa ham u maqsadi sari olg'a intilishdan bir daqiqaga bo'lsa ham to'xtamadi. Shunday kunlarning birida biz oliy o'quv yurtini tamomladik, o'zingdan qolar gap yo'q bunday kunni nishollamaslikning imkoni bormi? Albatta yo'q, ahir bu uchrashuv ba'zi bir odamlar bilan so'ngisi bo'lishi ham mumkin. Shunday qilib biz to'rtala do'st har galgidek bitiruv bayramini o'zimiz alohida davom etkazishga qaror qildik. Abror o'ziga to'q oilaning farzandi edi. Uni hech kim kami yo'q tagida mashina qayerga bo'lsa ham ketaveramiz. Biz bolalar bilan maslahatlashib uzoqroqqa shahardan tashqarida joylashgan tinchroq maskanga yo'l oldik. Ochig'i qayerga ketayotganimizni hattoki o'zimiz ham bilmas edik. Biz o'zi shunaqamiz, boshimiz oqgan tarafga qarab ketaveramiz. Bu gal ko'nglimiz bizni qayerga yetakladi bilmayman, lekin negadir yo'l quyun Odil o'zini nimadandir bezovta bo'layotgan odamdek tutar, unga bu sayohatimiz negadir maqul kelmayotgani haqida tinimsiz gapirar edi. Taxminan tong saharga qadar davom etgan sayohat natijasida biroz charchadik hech kim uxlamagan, hammaning niyyati bitta qani endi uyga tezroq yetib olsamu va mazza qilib uxlasam. Bayramni ajoyib kayfiyatda nishonladik. Bayramimizda ichkilik ham avjiga chiqdi, yarim tundan o'tganda nixoyat biz uyga qayta boshladik, men uzoqda yonib turgan chiroqlarni telefonimda videoga ola boshladim, umuman olganda telefonimning spichkasini yoqib olib yo'lni tasmaga muxrlab ketardim. Bu video yaxshi chiqadimi yoki yo'qmi bu meni qiziqtirmas edi. Men shunchaki o'z ishtiyoqim uchun hozir shu ish bilan mashg'ulman. Kimsasiz yo'l na birorta uy ko'rinadi, na bir sharpa, hech kim yo'q. Abror yo'lda hech kim bo'lmagani bois yaxshigina tezlikda mashinani haydab ketar edi. Shu alfozda taxminan o'n o'n besh daqiqa yurganimizdan so'ng, kutilmaganda tormozning chiyillab eshitilayotgan ovoziyu mashina asfalt ustida sirpanib to'xtashi va biz o'rindiqlardan oldinga qarab siljib ketganimiz o'zaro davom etayotgan suxbatimizni bo'ldi.
- Tinchlikmi nima gap Abror? (hammamiz birdaniga Abrorga qarata shu savolni berdik )
- Kimnidir yoki nimanidir urib yubordim!
- Nimani?
- Aniq bilmayman, oq narsa edi! Abrorning bu gapidan keyin barchamiz mashinadan tushib, mashina atrofidan 50 metr radiusda tevarak atrofni o'rgana boshladik, ammo hech narsa topa olmadik.
- Abror menimcha qushni urib yuborgan bo'seng kere!
- Bunday tezlikda qush aniq o'ladi, esing joyidami oynani qara hech qanday qon yo'qku, oyna esa chiziq tortib qoldi, bu nima ekanini bilmaymanu, ammo juda ham qattiq ekanini bilaman, qandaydir odamsifat oq narsa, lekin odamdan anchayin baland edi!
- Menimcha sen charchagansan, kel yaxshisi mashinani men haydab ketaman?
- Mayli nima deseng shu lekin men aqldan ozmaganman!
- Bilamiz Abror, bilamiz! Shunday qilib biz yana yo'lga chiqdik. Rulga esa Baxtiyor o'tirdi, hamma negadir sukut saqlab ketmoqda. Men ham telefonimi joyiga qaytarib solib qo'ydim. Shu tariqa qancha vaqt yurdik bilmayman, uyga ham yetib keldik. Bo'lib o'tgan hodisadan hammaning kayfiyati tushib ketgandi, hech kim gapirmasdi,xattoki hayrlashmay uyimizga tarqaldik. Uyga kirdim, charchagan bo'lsam ham negadir uyqum kelmas edi. Alla mahalgacha u yoq bu yoqga ag'anab yotdim, baribir foydasi bo'lmadi nima qilishni bilmasdan, telefonimdagi videoni kompyuterda montaj qila boshladim. Videoni ancha maxalgacha ko'rib o'tirdim, keyin esa Abror rost gapirganini tushunib yetdim. Abror aytgan o'sha oq narsa mening video tasmamda ham muhrlanib qolibdi. Nima qilishni ham bilmayman, tong otgach men Abrorga qo'ng'iroq qildim. Bolalar bilan to'plandik, nima qilish haqida

1 2 »

#Daxshatli voqealar#187#jumboq
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика