#

ESKI UYNING EGASI

Shahar chekkasdagi mahallaga ko’chib kelgan oiladagi bir qizning nomidan gapirib beraman: Biz yoz kunlarining birida shahar chekkasidagi mahallalarning biridagi uyga ko’chib keldik. Uyni sotib olganimizda uy chala tamirlangan edi. Biz uyga ko’chib kelmasimizdan oldin uni tamirladik. Nixoyat ko’chib ham keldik. Biz oilada 4 kishi edik, dadam,oyim, men va ukam. Men 16 yoshda edim ukam esa 12 yoshda. Dadam bilan oyim ishlashardi uyda faqat yakshanba kuni bo’lishardi. Uyda ko’pincha man yolg’iz qolardim. Ukam esa maktabda o’qirdi maktab mahallamizga uzoq joyda bo’lgani uchun amakimlarnikidan qatnardi uyga kam kelardi. Hulas bir kuni man o’qishdan qayttim eshikni ochib uyga kirdim. Vannaxonaga kirsam rakvina xo’l edi. Hayron qoldim ahir uyda hech kim yo’q edi. Qanaqasiga rakvina xo’l bo’ladi yoki suv jo’mragi nosozmikin suv oqqanmikan deb o’yladim. Keyin ovqatlandim ozgina TV ko’rdim. Oshxonada idish yuvayotganimda ichkaridan gumburlagan ovoz eshitildi. Cho’chib kettim. Nima qilishni bilmay qoldim. Xuddi musiqaning BASS ovoziga o’xshash edi. Sekin ichkaridagi xonalarga qaradim hammasi tinch edi. Keyin biroz uyqim keldi. Xonamga kirib yottim. Endi uyquga ketay deganimda eshik oynasida kimnidur aksi ko’rindi. U qora shlyapada edi. Menga kulib qarardi. Men shok xolatiga tushgandim. Qattiq baqirdim. U yo’q bo’lib qoldi. Men o’zi qo’rqinchili ujas kinolarni ko’p tomosha qilardim. Balki shunga uyqisrab ko’zimga ko’ringan shekilli deb o’yladim. Uyquga kettim. Keyin onam ishdan qaytdilar. Onamga bo’lgan voqeani aytdim. Onam esa kuldilar sen qo’rqinchili filmlarni ko’p ko’rasan shunga ko’zinga ko’ringandur dedilar. O’sha kuni kechqurun uyda hamma bor edi. Kechki ovqatni hammadan vaqtli yedim chunki dars qilishim kerak edi. Xonamga kirdim. Kitob daftarlarimni olib stol ustiga qo’ysam vannaxonadan meni kimdur chaqirganday bo’ldi. Ukam bo’lsa kerak deb haa dedim baland ovozda. Keyin xammomdan bir gumburlagan ovoz keldi. Ukam sirpanib yiqilgan bo’lsaya deb havotirlanib bordim. Eshik yopiq edi chiroq ham o’chiq sekin asta eshikni ochsam ichkarida hech kim yo’q. Shu payt xammomdagi ko’zguga ko’zim tushdi. Ko’zguda qora shlyapali odamning aksi ko’rindi menga kulib qarab turardi. Qo’rqib baqirib yugurib ketib qoldim. Dadam oyim nima gapligini so’rashdi men bo’gan voqeani aytim. Dadam xammomga kirib qaradilar hech kim hech nima yo’q edi. Ko’zinga ko’ringan deyishdi. Men qo’rqib dars ham qila olmadim. Kech soat 22:00 edi uyqim keldi. Ukam xonasiga kirib ketti men xonada yolg’iz uxlashga qo’rqdim. Oyim bilan uhlashga yottim. O’sha kuni kechasi tush ko’ribman tushimda o’sha qora shlyapali qob qora kiyinib olgan kishi meni xonamga kirib qo’limdan qattiq ushlab tunda ko’chaga olib chiqib ketgan emish. Men qancha qarshilik qilsam ham meni sudrab tunda bir qabristonga olib boribti. Bir qabr tepasida turgan emishman. Qabr toshda o’sha qora shlyapali odamining surati bor edi. Shu payt haligi qora shlyapali odam menga qaradida yo’q bo’lib qoldi va men baqirib uyg’onib kettim. Uyquga ketishdan avval onamning yonlarida edim. Uygo’nib qarasam bir o’zim o’z xonamda yotar edim. O’ng qo’lim achishib og’ridi. Qarasam qo’lim qizarib ketgan, qandaydur barmoq izlari bor edi. Biroz o’tib izlar yo’qoldi. Qo’rqib yig’lab yubordim. Tushimda o’sha qora odam meni qo’limdan ushlab sudragan edida. Hammasini ota onamga aytib berdim. Ular meni buvimni uylariga jo’natishdi. O’qishdan chiqib buvimni uylariga boradigan bo’ldim endi yolg’iz qolmayman deb hursand bo’ldim o’zimcha. Bir kuni buvim qo’shnini uyiga ish bilan chiqib kettilar uyda yolg’iz qoldim. Qorong’u tushgandi yuvinish uchun vannaga kirdim. Oynaga qarab tursam suv jildirab oqa boshladi. Ortimga qarasam bir qora kiyingan odam vannada yotardi. Ko’zlari qip qizil bo’lib vahimali nigox bilan kulib qarab turardi. Men qattiq baqirib qochib chiqib kettim. Ko’cha eshik taqilladi buvim bo’lsa kerak deb ochdim qarasam o’sha qora odam turar edi. Qolganini eslolmayman ko’zimni ochsam shifoxonada yotgan emishman qattiq qo’rqqanimdan xushimdan ketib qolibman. O’sha voqeadan keyin dadam politsiyaga habar berdilar. Men politsiaga o’sha odamni yuzni tasvrlab berdim. Ular fotorobot qilib chizib uni surishtirishdi. Hammasi malum bo’ldi. U odam 5 yil oldin vafot etgan biz ko’chib kelgan uyda oldin ijarada yashagan ekan. U sirkda fokuschi bo’lib ishlagan,vannaxonaga o’ta mast xolatda kirib cho’milayotganda uxlab qolgan, nafas yo’llariga suv tiqilib o’lgan ekan. Nimaga aynan menga uning sharpasi ko’rinyapti desam politsiya hodimlari yuz ko’rinishi huddi menga o’xshab ketadigan bir sevgilisi bo’lgan ekanligini aytishdi. U ham o’sha uyda ijarada yashagan ekan. U qiz fokuschi vafot etgandan keyin boshqa davlatga ketib qolgan ekan. Hulas hammasi malum bo’lgach biz u uyni sotib boshqa yerga ko’chib kettik. Buni so’zlab bergan qiz yangi uyiga ko’chib ketganidan keyin 1 haftadan o’tgach olamdan o’tibti. Malum bo’ldiku qiz yangi uyida vannaxonasida suv to’ldirib yotgan joyida cho’kib o’lgan. Ekspertizachilar uni kim cho’ktirib o’ldirgani yoki qanday qilib o’lganini aniqlay olishmabti.

#Daxshatli voqealar#53#eski
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика