#

So`ngi suhbat (qo`rqinchli hikoya)

Bu voqea qishloqlardan birida bo`lib o`tgan. Qishloq maktabida bir qiz va yigit orada bir sinf farq bilan o`qishar edi. Yigit maktabni tugatib kollejda o`qish uchun shaharga ketishga majbur bo`ldi. Tabiiyki ular telefon orqali gaplashib turishar edi. Qiz ota-onasining oldida yigit bilan gaplashishni yoqtirmas edi. Shuning uchun yoki hammom yoki oshxonaga chiqib gaplashar edi. O`sha kuni ham qiz yigit bilan gaplashish uchun oshxonaga kirmoqchi edi. Ammo oshxonada odam borligi uchun hammomga kirishga majbur bo`ldi. 11.00 da qiz hammomga kirib suyuklisi bilan gaplasha boshladi. Suhbat shunchalik qiziq ediki soat yarim tun bo`lganini sezmay qoldi. Gaplashib bo`lgach hammomdan chiqib xonasi tomon yura boshladi, Xonasiga yetib kelmagan ham ediki yana qo`ng`iroq bo`ldi. Suyuklisi! Yana hammomga qarab yugurdi. yarim soatlar atrofida yana gaplashib o`tirdi. Devor shitirladi. Qiz sichqon deb o`ylab devorni mushti bilan bir marta urdi. Ovoz tindi. Shu bilan qiz hammomdan chiqib xonasiga kirib ketdi. Ertasiga qiz yana yarim tungacha hammomda suyuklisi bilan gaplashib turganda soat 00.00 dan o`tgach devor shitirlar boshladi. Qiz yana sichqon deb o`ylab devorni mushtladi. Ammo ovoz tinmadi. Qiz yana mushti bilan devorni urdi ammo ovoz hadeganda tinmadi. Bu safar qiz telefonni o`chirib kafti bilan shapillatib urdi. Shunda devorda tuynuk hosil bo`ldi. Qiz hayron qoldi. Tuynukka qaragan edi, u yerda terisi ooopppoooq ko`zlari esa osmondek ko`mko`k bir odamni ko`rdi. Qo`rqib ketganidan tashqariga otildi. Ammo hammom eshigi ochilmas edi. Tuynukdan esa o`sha odam" Nega meni tinchimni buzding" deya chiqib kelar edi. Ertalab ota-onasi turib qizini xonasida yo`qligini bilib qolishdi. Uni axtara boshlashdi. Ammo hech qayerdan topa olishmadi, axiyri hammom eshigini ochishganida ona ko`rgan manzarasidan dod solib hushini yo`qotdi. Ota esa esankirab qoldi. Hammom devorlari qonga belangan. Pol bo`ylab qizining bo`laklari sochilib yotar edi. Yuzma yuzida esa qizining kallasi unga qarab o`tirar edi. Qizni ko`mishdi. Bu xabarni aytish uchun yigitning oilasinikiga borishdi. Ona qizi bilan bo`lgan voqeani aytib berganida, yigitning onasi ham yig`lab yubordi va shaharga ko`chib kelishganidan 3 kun o`tib o`g`li yo`qolib qolganini va o`tgan kuni uni tashlandiq binoda murdasini topishganini aytishdi.

#Daxshatli voqealar#268#songi#suhbat#qorqinchli#hikoya
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика