#

Kelinchak dardlari

Bugun mening to`yim. Atrofimdagilarning aytishicha, ko`rgan odamning suqi kiradigan darajada go`zal kelinchak bo`libman. Bu ta`rif shunchaki yo`liga, xushomad yoki ko`nglim uchun aytilmayotganini bilaman. Ammo. eh, odamlar, bilsangiz, dunyodagi eng ko`rimsiz kelinchak bo`lishga ham rozi edim, faqat shunday kunimda dadam bir borgina yonimda bo`lsalar bo`ldi edi. Dada, dadajon! Qaerdasiz? Kelmaysizmi, bir paytlar siz "onajon" deb erkalab suyadigan qizingiz bugun oq libos kiyib, kelin bo`ldi. O`n ikki yildan beri yo`lingizga termulaverib tolmagan umidvor nigohlarimdagi ishonchni oqlamaysizmi kelib? Bilaman, allaqachon bilganman, sizning endi boshqa oilangiz bor, menga o`xshagan qizingiz, ukamga o`xshagan boshqa o`g`ilingiz. Faqat ularning bizga o`xshab ko`ngli yarim, o`ksik emas. Ularning dadasi ko`zlari to`rt bo`lib kutayotgan farzandlarini unutib qo`ygan, bag`ritosh ota emas. Ular dadalari har kech ishdan sovg`a-salomalar bilan to`lib-toshib uylariga qaytishni bilishadi. Biz esa. qaytmasligingiz qaytishingizdan ko`ra ko`proq ayon bo`lsa-da kutamiz, kutaveramiz. Xuddi hozirgidek. Mana, hamma kuyovning kelishini kutayapti, men esa. sizning! Ana, hamma qiy chuv qilib qoldi: "Kuyov keldi, kuyov keldi!" Dadajon! Qizingizni olib ketishga kelishdi. Siz. KELMAYSIZMI? "Kelmaydi, bekorga umidvor bo`lma". O`n ikki yildan beri o`tgan kuni ilk marta oyimdan bu gapni eshitdim. Ular buni shu qadar qat`iy ishonch bilan aytdilarki, butun vujudim muzlab ketganday bo`ldi. Shunga qaramay, qarorimdan qaytmadim. "Dadamga to`yim xabarani o`zim yetkazaman, ular albatta, keladilar". O`n ikki yildan keyingi uchrashuvga tayyorlanish menga oson bo`lmadi, ko`zlarimga uyqu kelmay, bu uchrashuvni xayolimda necha martalab o`tkazmadim deysiz. Afsus, bari befoyda bo`ldi. Siz rostdan ham uyingizda yo`qmidingiz yoki allaqaeri o`zimga o`xshab ketdigan anavi qiz yolg`on gapirdimi? Bilbadim. Soddaman-da, "Ularda nima ishingiz bor?" deb so`raganda, qo`limdagi taklifnomani darrov tutqaza qolmasdan, boshqa bir bahona o`ylab topsam bo`larkan. O`zimda emasdim. Sizdan boshqa odam eshikni ochishi mumkinligi xayolimga kelmabdi. Axir bizning uyimizda kechasi eshikni faqat o`zingiz ochardingiz-u, na oyimga, na menga ruxsat bermasdingiz. Ha, butun boshli oila buzilib, taqdirlar o`zgarib ketganida, odatlar, qoidalar almashishi nima bo`pti deysizda. Qizingiz qo`limdagi taklifnomani olarkan, undagi "Aziz dadajonimga" degan yozuvni o`qib, ko`zlari kattarib ketganini ko`rdim va. uning hech qachon qo`lingizga yetib bormasligini sezgandim. O, bunchalar xudbinlik. Undan dadasini (dadamni) bir umrga tortib olayotganim yo`q edi-ku. Bir kun, atigi bir kungina sizni menga ravo ko`rishmadiya. Dadajon! Ertaga mana shu qizingizni uzatib, ko`zingizga yosh olib unga oq fotiha berayotganingizda bularning baridan mahrum etganingiz -ko`nglini yarim qilib ketgan biz mehringizga zorlarni ham bir borgina eslaysizmi? Xayolan bo`lsa-da, peshanamdan o`pib baxt tilaysizmikan?

#Daxshatli voqealar#40#kelinchak
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика