#

BEBOShLIK BALOSI…

Tolib ustiga qora marmartosh o'rnatilgan qabrga yaqinlashib ohista cho'kkaladi. O'zi bilan olib kelgan ikki donagina atirgulni marhuma onasining bosh tomoniga qo'yarkan, beixtiyor ko'zlari yoshlanib, og'ir xo'rsinib qo'ydi. Ayni damda uning qalbida alam va qasos o'ti shu qadar alanga olgan ediki… Azbaroyi g'azablanganidan tishlari g'ijirlab-g'ijirlab qo'yardi.
— Aya, dadam sizga xiyonat qildi, — deya pichirladi Tolib uzoq muddat sukutdan so'ng, — Dadam… O'lganingizga bir yil bo'lmay uylanib oldi anavi Hosilaga, eshityapsizmi? Ana, butun Oltinqo'rg'on gapiryapti… Men… Yakkalanib qoldim, ayajon! — Tolib hasratini tugatolmadi. Ro'parasiga kelib o'tirgan G'ulom go'rkovni ko'rdi-yu, negadir xijolat tortib o'rnidan qo'zg'almoqchi bo'ldi.
— Sen… O'tir… O'tiraver, — dedi G'ulom go'rkov uning yelkasiga qo'lini qo'yib, — Men hamma gaplaringni eshitdim, bolam… Ammo… Sen nohaqsan… Ha, nohaqsan…
— Nimaga nohaq bo'larkanman? — zarda bilan o'rnidan turib ketdi Tolib, — Nimaga nohaq bo'larkanman? U ayamning go'ri sovimay turib uyimizga kirib olsa-yu, men indamay qarab turaverishim kerakmi? — G'ulom go'rkov kutilmaganda uning yoqasidan oldi.
— Menga qara, tirrancha… Sen kichkina bo'lganing yo'q endi… O'n sakkizga kirding… Dadangga achinarkansan, nega shu vaqtgacha issiq-sovug'idan xabar olmading? Qachon qarasa, kuningni qayoqdagi qalang'i-qasang'ilarminan ko'chada qarta o'ynab o'tkazding… Dadam ellikdan oshib qoldi, buning ustiga yolg'iz, demading… Endi achinib qoldingmi? Achinmay qo'yaqol… Dadangni biz — mahalla uylantirib qo'ydik… Musulmonchilikda erkak kishiga yo'l bor, bildingmi? — Tolibni bu gaplar ham qaytara olmadi. U yoqasidan go'rkovning qo'llarini siltab tashladi-da, tashqariga qarab yo'l olarkan, ovozining boricha baqirdi:
— Mana ko'rasan hammang! Men o'shaning baribir adabini beraman… Dadamni berib bo'pman! Uyimizda yashatib bo'pman!
***
G'olib karvon bir umr dalada traktor haydab o'tdi. Paxta paytida ikkita-uchta ulovni tirkab zavodga qatnadi, bahor keldi deguncha, yer haydadi. Kechani kecha, kunduzni kunduz demadi. Lekin… Aytarli hech narsa orttirolmadi. Orttirgani birgina laqabi bo'ldi, xolos. Endi orzu-havas ko'raman deganda xotini Sohiba opa o'lib berdi… Keksalik mo'ralagan onlarda yana yolg'iz qoldi… Yaxshiyamki, baxtiga mahalla-ko'y bor… Hosilani topishdi… Ammo… Manavi qaysar o'g'ilni nima qiladi? Qanday qilsa, u murosaga keladi? Ikki o't orasida qoldi-ku, axir!
G'olib karvon Hosila opa damlab kelgan choyni shopira-shopira piyolaga quyarkan, unga yer ostidan qarab qo'ydi. «Bu bechoragayam qiyin, — o'yladi u do'ppisini qo'liga olib, — Nima qilishini bilmaydi… Tolibni bolam-bolam qilganiminan u qaysar bilmayapti-da! » — U o'ylagan o'yini oxiriga yetkazmasdan Hosila opa jimlikni buzdi.
— Dadasi, mana, shom bo'ldiyamki, Tolibjonimizdan darak yo'q… Tuz totmay shu vaqtgacha qaerda yurganiykin-a? — G'olib karvon xotiniga ma'noli qarab qo'ydi-da, norozi ohangda gap boshladi:
— Vey, xotin, namuncha iching kuyavermasa-a? Sen bolamlayverganingminan bilmayapti-ku u ahmoq! Bas-da, endi! Qo'yaver, yursa-yurgandir…
— Voy, dadasi… Bu nima deganingiz-a? — uning so'zini bo'ldi Hosila opa, — Nima bo'lgandayam o'sha o'g'lingizni bolam deganman, axir! — Hosila opaning gapi og'zida qoldi. Ko'chadan shiddat bilan hovliga kirib kelgan Tolib yelkasidagi kostyumni mixga ilib qo'ydi-da, er-xotin o'tirgan so'riga yaqinlashdi.
— Tolibjon, choy ichasizmi, o'g'lim? Keling… Kelaqoling… Mana bu yerga o'tiring… — Mulozamat qila ketdi Hosila opa. Tolib lablarini qattiq tishlab unga jahl aralash birpas tikilib turdi-da, kutilmaganda choy uzatayotgan qo'lini turtib yubordi. Shundog'am bir chekkasi qachonlardir uchib ketgan piyola yerga tushib chil-chil bo'ldi.
— Meni ikkinchi marta o'g'lim deb atamang, bildingizmi? — mushti bilan so'rining chetiga urib qichqirdi Tolib, — Men sizga o'g'il emasman… O'g'il bo'lmaymanam… Agar yana shu gapni eshitsam… Tilingni sug'urvolaman! — O'g'lidan bunaqangi haqoratlarni kutmagan G'olib karvon beixtiyor o'rnidan turib ketdi.
— Hoy, haromi, — deya baqirdi u Tolibning qulog'ini changallab, — Sen o'zi qaysi og'ilxonada o'sgansan-a? Kimning tarbiyasini olgansan? Bir begunoh odam sen galvarsni bolam-bolam qilsa-yu… Hozir… Naq bo'g'izlab qo'ya qolaymi?!
— Qo'yvoring! Qo'yvoring deyapman, sizga! — yig'i aralash dod sola boshladi Tolib dadasining qo'lini mahkam g'ijimlab, — Ayamni o'ldirib tinchiganingiz yetmay, endi menga yopishyapsizmi? — G'olib karvon bu gapni eshitib, bo'lganicha bo'ldi. Peshonasini sovuq ter bosib, yuzining qoni qochdi. U Tolibni jahd bilan yetaklab darvozaxonaga olib bordi-da, tarsakilab yubordi.
— Yo'qol! — dedi u xirillab endi o'rnidan turib kiyimlarining changini qoqa boshlagan Tolibga qo'lini bigiz qilib, — Yo'qol! Agar men ayangni o'ldirgan bo'lsam, senam o'shaning

1 2 3 4 »

#Hayotiy hikoyalar#273
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика