#

«AMALDOR…» (Voqea real hayotdan olingan)

Kamol bu amalga osonlikcha erishgani yo'q. Axir qishloqdagi qaysidir ketmonchining asrandisiga Toshkandek shahri azimga kelib o'qish, o'qishni bitirib, katta bir qurilish rahbari darajasiga yetishning o'zi bo'libdimi?! To'g'ri, uni asrab olib, boqqan odamlar o'lib ketishgandan so'ng oxirgi o'n yil ichida qishloqqa bormay qo'ygan. Borganda nima qilardi? Baribir, «begona» degan nomi bor. O'sha betayin qarindosh-urug'larning ko'zi uchmagan, uchmaydi ham hech qachon…
— Kamol Karimovich!
U seskanib boshini ko'tardi-yu, ostonada kotiba qiz turganini ko'rib asta o'rnidan qo'zg'aldi.
— Nima gap?
— Sizni qishlog'ingizdan bir amaki so'rab kepti… Tog'asiman deyapti…
Kamol beixtiyor o'ylanib qoldi. «Qiziq… Qanaqa tog'a? Onasi rahmatlining aka-ukalari yo'q edi, shekilli?!»
— Ayta qoling, mayli, kirsin-chi!
Oradan bosh qashiganchalik vaqt o'tib-o'tmay, kabinetga qoradan kelgan, xo'ppa semiz, do'ppining ustidan kichkinagina qilib salla o'ragan, taxminan 50-55 yoshlardagi erkak kirib bo'sag'adanoq qulochini yozdi.
— Obbo, jiyan-ey! — Kamolni mahkam bag'riga bosarkan, baland ovozda hayqira ketdi u, — Shunday katta odam bo'p ketibsan-u, biz bilmay yuraveribmiz-a, vey!
— Kechirasiz-u, sizni negadir taniyolmay turibman-da! — «Mehmon»ga qiziqsinib tikildi Kamol.
— Ie, ie, tog'asiniyam tanimaydimi odam? Men hov Hojar xolangni eri O'lmasvoy tog'ang bo'laman-ku! Xafa qilyapsan, jiyan, xafa qilyapsan!
Kamolning ko'z o'ngida o'sha, bir necha avlod nari bo'lsa-da, ota-onasidan doimo xabar olib charchamagan, o'ziga ham bolaligida ko'p bora mehr ko'rsatgan yuvoshgina, kamsuqum ayol gavdalandi. «U xolaning uyiga kichkinaligimda necha martalab borganman, axir! — o'ylardi Kamol yerga boqib, — Nega bu odamni ko'rmagan ekanman o'shanda? Ha, mayli, baribir, qarindosh ekan-ku! » Kamol chehrasi ochilib qishloqdagilarni birma-bir so'rab chiqdi, Hojar xolasini esga oldi. So'ngra «tog'a»ni shaharning eng nomdor restoraniga mehmon qilish uchun olib ketdi. Yap-yangi «Mersedes»da kerilib o'tirgan O'lmasvoy tog'a hanuz Kamolni maqtashdan bo'shamasdi.
***
Kamol o'z kuchi bilan bo'lsa-da, ko'p narsaga yetishdi hayotda. Bir vaqtlar tuqqan onasi masjidga tashlab qochgan yetimchagina bolaning yigit bo'lib qo'li pul, ko'zlari uy, hovlisi mashina ko'rdi. Ammo o'zini o'qitgan Nasim professorning qizi Zarinaga uylandi-yu, boshi g'urbatdan chiqmay qoldi. Xotini juda boylikka o'ch ekan. Kunora restoranda ovqatlangisi keladi, haftada bir tilla do'koniga borsam deydi. Dastlab yoshlikka, keyinroq farzandli bo'lishmayotganiga yo'ydi. Lekin… Bir kuni qo'shnining bolasini behuda urishayotganiga ko'zi tushgach… Hafsalasi qaytdi… «Nahotki, bir kun kelib o'zi tug'sa ham shunaqangi zahrini sochaversa? Zap xotinga uchragan ekanman-ku! » Afsuski… Amaldor odamga janjal ko'tarish, baqirib-chaqirish yarashmaydi. Qo'shnilar nima deydi?
Xuddi ot kabi a'zoyi badanidan ter hidi kelib halloslagancha hovliga kirib kelgan O'lmasvoy tog'ani ko'rdi-yu, Zarina burnini jiyirgancha erini bir chetga tortdi.
— Voy, kim u? Qaerdan topdingiz bunaqangi isqirt qishloqini?
— E, og'zingga qarab gapir! — jerkib tashladi Kamol, — Bu odam meni tog'am bo'ladi… Mehmonxonaga yaxshilab joy tayyorla! — Kamol shunday deyishga dedi-yu, ich-ichidan o'ksindi. Bu uning anchadan beri birinchi o'ksinishi edi.
***
Erkak kishi uyda topmaganini ko'chadan qidirishi balki rostdir. Injiq va xurmacha qiliqlari tobora ko'payib borayotgan xotini Kamolning joniga tegdi. «Shuncha boyligim, davlatim bor, — o'ylardi u tez-tez, — Bu narsalarga osonlikcha erishganim ham yo'q… Xo'sh, unga nima yetmaydi? Farzand tug'ib berolmagani kamlik qilganday, nozlanishiga, asabimni egovlayverishiga balo bormi? »
Kamol kunlarning birida kabinetda o'tiri-ib choy damlab kirgan kotiba qiz Shoiraga zimdan nazar soldi. Naqadar kelishgan qiz! So'ksang, dag'dag'a qilsang ham jim turib eshitadi. Faqat… Buyursang bas, barcha istagingni ado etishga hoziru nozirdek…
Shoira ikkinchi bor piyola ko'tarib kirgandan so'ng Kamolning niyati buzildi. «Nahotki, shunchadan beri qo'l ostimda ishlab, go'zalligini payqamagan bo'lsam? — ko'nglidan o'tkazdi u, — Nega endi o'sha ahmoq xotinimning diydiyolarini eshiti-ib yuraverishim kerak? Nima uchun topganimni faqat o'shaning qo'yniga tiqishim shart ekan? Yo'q… Menam odamman… Odamlarga o'xshab biron joyda dam olishni, Shoiradek parivashlarning mehriga qonishni istayman. Umr o'tib ketyapti, axir! »
— Shoira, — dedi Kamol qizning qo'lidan choy to'la piyolani olarkan ma'noli ko'z qisib, — Biror yerga ketib bi-ir dam olmaymizmi? Masalan, toqqa…
Rahbardan hech qachon bunaqangi taklifni eshitib o'rganmagan Shoira duv qizardi.
— Bilmasam… Uydagilarim nima deyisharkin?
— Ularga biron-bir bahona topasiz-da! Sizminan bi-ir dunyo kezgim keldi-da, asal qiz! Xo'sh, nima deysiz?
Qiz biroz kalovlanib turgach, «ma'qul» degandek ohista bosh irg'adi. Xuddi ana shunaqangi javoblargagina

1 2 3 ... 5 »

#Hayotiy hikoyalar#126#voqea#real#hayotdan#olingan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика