#

Panjara ortidagi ona

Ayolning xo'rligi keldi. Suhbatdoshining tezroq gaplashib bo'lishini, keyin esa o'zi va'da qilganidek, uning uchun ham vaqt ajratishini kutayotgandi.
Nihoyat, qamoqxona boshlig'i go'shakni joyiga ildi. Keyin o'rnidan turdi-da, tanish mehmon bilan yuzma-yuz bo'lish uchun stolni aylanib o'tdi va uning ro'parasiga o'tirdi.
— Yana o'sha gapmi?
Ayol miq etmadi. Uning ma'yus chehrasida mungli ko'zlari bilan uyg'unlashib ketgan tortinchoqlik, parishonxotirlik va istihola bor edi.
— Axir, opa, sizga aytdim-ku, bizga ishchi xodim kerak emas, boshqa joyga uchrashing, deb.
— Ukajon, oldin quloq soling, men ishlashim kerak. Shunchaki farroshlik qilmayman, ishimni tugatgach, boshqalarga ham yordamlashaman. Hamma yoqni kuniga ikki martalab tozalab chiqaman.
— Bo'lmaydi, bu gaplaringizdan naf chiqmaydi.
— Uch marta yuvib, tozalasam-chi? — birdan kutilmagan qarorga kelgan odamdek ko'zlari chaqnab ketdi ayolning.
— Bo'lmaydi, — boshliq o'z fikrida qat'iy turib olgandi.
U o'rnidan turib, kreslosiga o'tirdi. Suyanchig'iga boshini qo'yib, birpas xayolga berildi. Uning og'ziga termilib, tobora ichikayotgan ayol:
— Maosh kerakmas, qornim to'ysa, qatnashimga yo'l kiram bo'lsa bo'ldi, — dedi g'amgin ovozda.
— Bitta gapdan qoling endi! — keskin gapirdi boshliq g'azab bilan. — Namuncha yopishib oldingiz, a?
Erkak shu gapni aytishga aytdi-yu, ayolga qarab yuragi allanechuk bo'lib ketdi. Ayolning qizg'ish yuzi g'amgin va achinarli tus olgan, yana biror qattiqroq gap eshitsa, yig'lab yuboradigandek edi go'yo.
— Siz mendan ranjimang, opa, — unga tasalli berishga urindi boshliq. — Ochig'i, mendan nima istashingizni bilolmayapman. Ish so'rab kelgan kuningizoq maslahat berdim axir. O'sha do'konga nega bormadingiz? Sizga nimasi yoqmadi, sharoitimi? Menga to'g'risini ayting, opa, bu yerda biror yaqiningiz bormi? Faqat rostini ayting!
— Ha, — boshini qimirlatdi ayol.
— Kim u?
— Katta o'g'lim! Bolajonim!
U ortiq gapirolmadi, yig'lab yubordi.
— Lekin sizga bundan naf chiqmaydi-ku. Baribir, qamoqxonani mahbuslar tashqarida yurganda tozalaysiz. O'g'lingiz bilan bir vaqtda bir joyda bo'lolmaysiz. Uni ko'rolmaysiz axir. Bu mumkin emas.
— Aqalli uzoqdan bo'lsa ham ko'rib tursam bo'ldi. U yuradigan yo'laklarning changini yuvib tozalab qo'ysam, u ovqatlanadigan stolning ustini artib qo'ysam bo'ldi, menga shuning o'zi kifoya.
Ayol yana ko'z yoshlariga erk berdi. O'zini qo'lga olishga urindi. Ro'molining uchini g'ijimlab, ko'z yoshini artdi, lekin… Boshliq «Hammasi tushunarli», degandek chuqur nafas oldi. Oradan biroz vaqt o'tgach, so'rashga jazm etdi:
— Nimaga qamashgan?
O'rtaga bir lahzalik sukut cho'mdi. Ayol uzun, ingichka barmoqlarini bukib-eggancha o'tirardi. Uning boshi egilib qolgan, yuzida esa iztirob uchqunlari bor edi. Bir mahal u ko'zlarini yumdi-da, ohista so'zlay boshladi:
— Hammasiga o'zim aybdorman. Unga hech qachon onalik qilolmadim. Rahmatli erim bilan turmush qurganimizdan so'ng uning oldin ham oilasi bo'lgani, ikki yashar bolasini xotiniga tutqazib, ajrashganini bildim. Farzandimiz uch yoshga to'lganida esa sobiq xotini vafot etgani haqida xabar keldi. Erim o'g'lini uyga olib keldi. Mendan uning uchun ham quchoq ochishimni yalinib-yolvordi. «Turmush — musht», deb bariga chiday boshladim. Erim hayotligida sabrim yetdi. Ammo u vafot etganidan so'ng sakkiz yashar o'gay va besh yashar o'z bolam etagimda qoldi. O'shandan keyin eslolmayman men gumroh qachon unga — Furqatga quchog'imni ochganimni. Har gal unga qarasam, yo'qotgan yillarimni, baxtimni o'ylardim. Bu esa tobora nafratga aylanib ketgan ekan. Bilasizmi, Furqat og'ir-bosiq, o'ylab ish qiladigan, ko'ngli ochiq va sodda bola bo'lib ulg'aydi. Farhod esa butunlay teskarisi.
— Furqat o'gay o'g'lingizmi?
— Ha… Nuqul ta'na-dashnomlar, dakkilar ostida yashadi, ko'zimga qadalgan nish bo'lib yashadi sho'rlik. Men gumrohlik qildim. Hammasini tushunib yetganimda esa…
— Aynan nimani?
— Shu kungacha uning sha'niga aytilib kelingan dakkilar, aslida, unga emas, Farhodga qaratilishi lozim ekan.
Ona yana yig'lab yubordi. Boshliq uni qanday ovutishni bilmay, suv quyib uzatdi. Ayol bir nuqtaga tikilgan ko'yi davom etdi:
— Shu kungacha Farhodning barcha aybini, qilmishlarini, xatolarini Furqat to'g'rilab kelgan ekan. Uning xatolari, ayblari uchun jazolanib kelgan, eng muhimi, u hech qachon va hech kimga miq etib og'iz ochmagan. Hammasini o'z ixtiyori bilan, o'z xohishi bilan qilgan. Butun tevarak-atrof, qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug' va oilasi oldida hamisha u yomonotliq bo'lib kelgan.
— Uni bunga nima majbur qilgan deb o'ylaysiz? — istamaygina so'radi boshliq.
— O'g'irlikni nazarda tutyapsizmi?
— Ha.
— Furqat bunday qilmagan. U qilmagan bu ishni.
— Ya'ni?!
— Buning endi ahamiyati yo'q, bilasizmi, nima?
Ayol u yog'ini gapirmadi. Sumkasini titkilab, bitta uvadasi chiqib ketgan maktubni oldi va uni boshliqqa tutqazdi. Boshliq ko'zoynagini

1 2 »

#Hayotiy hikoyalar#168#ortidagi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика