#

ARISTONNING ARMONI… (voqea real hayotdan olingan)

Vatandan olisda, o'zga yurtda, qamoq panjaralari ortida qancha yillarim o'tdi. Essiz! Qimmatli umrimni juda arzon bir havasga almashtiribman. Necha yildirki nuqsonli hayot yo'limni o'ylab, o'tgan umrimga achinib yurak bag'rim eziladi. Bu yerda o'tgan har lahza ming yillarga teng bo'lsada, kaltaklarga va jazolarga ko'nikib sabr qilishdan o'zga chora yo'q. Zero, og'ir jinoyatchilar saqlanayotgan koloniyalardagi hayot ham og'ir bo'ladi.
Bu yerda ona yurtimni bir bora ko'rmok ishtiyoqida, bir hovuch tuprog'ining taftini his qilish ilinjida yashamoqdaman.
Bu shunchalar ulug' istakki, hatto tushlarimda yurtim jamolini ko'rishga, uni his qilishga urinaman.
Aslida shu tushlarimdagi hislarim meni hayotga bog'lab turuvchi bir arqondir.
Eng og'ir kunlarda ham meni yashashga shu tuyg'u undab turar balki…
Bugun ham yurtimni tush ko'ribman. Fasli bahor emish … Tog'-yon bag'ridagi adirlar yam-yashil libosga burkangan. Baland tog' cho'qqilari hali qor qo'ynida xuddi uxlayotgandek guyo.
Mayin esgan shabboda maysalarni tebratib uyqudan uyg'otar, shabnam tomchilari ila yuzlarini yuvardi.
Quyosh zarrin nurlarini sochib olamga jilo bermoqqa shay turibdi. Kichik ariqdan erigan qor suvlari shoshib, toshdan-toshga urilib, jo'shqinlik kuyini chalib pastlik tomon ildamlar, gohida sakrab-sakrab ariq lablarini siylab, bo'salar olardi go'yo. Sayroqi qushlarning ishtiyoq bilan sayrashidan ko'ngil barcha g'uborlardan xalos bo'lib, tengi yo'q tuyg'u ila ajib bir iforni dilga jo aylaydi. Bu manzara mening ham hissiyotlarimni junbushga keltirib, jilovini uzib, oppoq bulutlar uzra moviy samoda suzib yurgandek…
Shunday shirin xayollar og'ushida, bolalarni bir-birinini quvlashib, o'zaro aytilgan sho'x-shodon chaqiriqlariyu va tongda mudrab, erinib tepalik sari turtinib- surtinib kelayotgan qo'ylarning dupir-dupirlari chalg'itib yubordi.
…Ichimni nimadir uzib yana yo'tala boshladim. Yonboshlab, tiranib turgancha dastro'molimni og'zimga tutdim. Besh-o'n marta siltab – siltab yo'talim to'xtadi. Yo'tal zarbidan sapchib – sapchib, xonani boshimga ko'targanimda xonadagi sheriklarim onda-sonda bosh ko'tarib qarab qo'yadi xolos.
Bu qamoqxonada menga o'xshaganlar juda ko'p, shuning uchun ko'pchilik bu holatga e'tibor ham bermaydi.
Faqat biroz achinish hissi, to'g'rirog'i, ertaga o'zining boshiga ham shunday kunlar tushishidan hadik aralash ichki sezgi ila nigoh tashlab qo'yardi.
…Harbiy xizmatni o'tab uyga borganimda otam qanchalik xursand bo'lgandi. Xalqqa osh berib, bazm uyushtirib bergandi o'shanda.
Onam bo'lsa quvonchdan dam yig'lab, dam kulib atrofimda parvona bo'lar, mehmonlarga andarmon bo'lib yelib-yugurib xizmat qilardi.
Kecha yakunida otam so'zga chiqib, ko'z yoshlarini yashirolmasdan:
– Mana Jasurbek o'g'lim bag'rimizga askarlik burchini o'tab qaytdi! Paxlavondek yigit bo'libdi. Endi yurt xizmatini qilib, yonimizda bo'ladi. Hamqishloqlarim!
Keyingi safar nikoh to'yiga kelasizlar. Bizni quvonchli kunlarimiz sizlarniki, -deb g'urur bilan gapirgandi.
Oradan bir hafta o'tib men Rossiyaga ishlab pul topib kelaman deb qat'iy turib oldim. Qishloqda qolsam, xuddi dunyodan orqada qolib ketayotgandek, umrim shu tog'lar orasida behuda o'tib ketayotgandek, o'zga yurtga oshiqardim.
Ota-onamning tushuntirishlari, nasihatlari ham kor qilmadi. Singlim va ukamni qancha zorlanishiga qaramasdan uydan chiqib o'zim xizmat kilgan Rossiyaning Sibir taraflariga keldim.
Bu yerlarga kelganimda, hali oktyabr oyi bo'lishiga qaramasdan hamma yoq oppok qorga burkangan edi.
Uzoq yurilgan yo'l o'z kuchini ko'rsatdi. Tezroq bir boshpana topib, miriqib dam olish, yo'l charchoqlarini chiqarish ilinjida birga xizmat qilgan Vasiliyning (Vasya) uyini qidirib topdim. Hartugul, Vasya meni iliq qarshi oldi. U bilan ko'rishib, kelishim sababini tushuntirgan bo'ldim. Suhbat yakunida u bilan birgalikda ishlashga kelishib oldik. Ertasiga Vasya bilan Sergey amakisining yoniga bordik. Sergey amaki tadbirkor kishi bo'lib, ulgurji oldi-sotti bilan shug'ullarnarkan. Jiyani Vasyaga ishonch bildirib ikkalamizniyam ishga oldi.
Ishimiz har xil yuklarni qabul qilish, joylashtirish va aytilgan mijozga eltib berishdan iborat edi.
Ko'p o'tmay ishlar yurishib, qo'limizda jaraq-jaraq pul o'ynay boshladi.
Ammo qanchalik oson topsak, shunchalik osonlik bilan sovurish odatimizga aylanib qolgandi.
Beboshligim, kaltabinligim, qolaversa faqat o'zimni o'ylashligim sabab kunlar, oylar, yillar o'tsa ham bir marotaba bo'lsa-da uyga pul jo'natish uyoqda tursin, hatto bir enlik xat yozmadim. Ehh…!
Onam sho'rlik qay ahvolda ekan xozir… Kutaverib, yo'lga termulib ko'z yoshlariyam qolmagandir.badbaxt o'g'lini o'ylayverib sochlariyam oqargandir.beburd o'g'liga insof surab qo'llari duodami yo… Qo'ni-qo'shni, qovmi-qarindoshlarning yuzlab otgan iztehzo yashirin «yupanch» toshlarini qanday ko'tarib yuribdi ekan.
Otam meni oq qilgandir hoynahoy… Chunki otam bir so'zli, qattiqqo'l

1 2 »

#Hayotiy hikoyalar#57#voqea#real#hayotdan#olingan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика