#

KENNOYI” (Real voqealarga asoslangan)

Nuralining yolg'iz akasi Nurmuhammad qirq beshga kirdi. Tadbirkor. Ko'p umri safarlarda o'tadi.
Jigarchilik-da, begonalarga ishonmay, Nuralini o'ziga haydovchi qilib olgan. “Kaptiva”sini ishonib topshirib qo'ygan. Nurali uni mashinada ofisga olib boradi, uyda kennoyisi Nozlining zarur yumushi bo'lsa, yana Nurali balogardon bo'ladi…
Nozli akasidan o'n to'rt yosh kichik. Afsuski, anchadan beri birga yashab tirnoqqa zor o'tishyapti. Lekin biror marta bu hovlida bolasizlik oqibatida janjal chiqmagan. Hech kim sudga ariza berish haqida so'z ochmagan…
Nozli kennoyisi dunyodagi eng suluv ayol bo'lsa kerak. Ro'baro' kelib qolishganda, Nurali ado bo'lay derdi. Go'zallik, joziba shunchalar ohanrabo bo'ladimi? Akasining hasmi haloli ekanini biladi. Yoshi o'zidan kichik bo'lsa ham hurmat yuzasidan Nozlini kennoyi deb chaqiradi. Biroq yuzma-yuz kelganda kennoyisi ekani yodidan chiqadi. Go'yo bu uy qaysidir begonaga tegishli-yu, ish bilan kelib Nozlini shu uyda uchratib qolgandek tuyiladi. Ko'z-ko'zga tushganda, Nuralining tili lol bo'ladi. Arzirli bir so'zni tiliga chiqara olmay garangsiydi. Yana… akasining qiyofasi ko'z oldiga kelib shashtidan tushadi. Boshini bir necha bor silkitib-silkitib oladi-yu, nari ketadi…
***
Yakshanba kuni edi. Nurmuhammad favqulodda kechqurun ish yuzasidan Xorazmga jo'naydigan bo'ldi. Yoz kuni bo'lgani bois mashinada yo'l bosgisi kelmadi. Uni Nurali aeroportgacha olib borib kuzatib qo'yadigan bo'ldi.
Agar hujjatlaring joyida bo'lsa, ko'z ochib yumguncha ro'yxatdan o'tkazib qo'yishadi. Nurmuhammadning ishi ham tez bitdi…
To'g'risi, shu yerga kelishgandan beri Nuralining paytavasiga qurt tushgandi. Nuqul bezovtalanar, ko'z o'ngida suluv kennoyisi Nozli gavdalangani sayin betoqatligi qutura boshlardi.
Xayriyat, ro'yxatga olish amallari ado etilgach, yo'lovchilarni aerodrom tarafga taklif etishdi. Demak, aerodromga chiqishadi-yu, samolyotga o'tirib uchib ketishadi. Nurali akasiga bir necha marta qo'l siltab xayrlashgan bo'ldi-da, tashqariga o'zini urdi…
***
Farzand bo'lmagandan keyin hashamatli, saroylardek savlat to'kib turgan uy ham xuddi qabristonga o'xshab huvillayveradi.
Nurali yetib kelib mashinani garajga qo'ydi-da, ichkariga kirdi. Zaldagi o'zining bo'yanadigan stoli qarshisida Nozli ko'zguga boqqancha xayol surib o'tirardi. Oyoq tovushini eshitib ilkis ortiga o'girildi.
Ostonada Nurali kulimsiragancha turardi.
— Vay, Nurmuhammad akam uchib ketdilarmi? — so'radi Nozli Nuraliga qattiq tikilib. — Muncha tez?
— Hamma narsa tayyor ekan, — dedi Nurali a'zoyi badani qizib borayotganidan negadir bezovtalanib. — Menga xizmat-pizmat yo'qmi, kennoyi?
Nozli bu savoldan so'ng shoshilmaygina o'rnidan turdi-da, oshxona tarafga ishora qildi.
— Yuring, birgalashib nonushta qilamiz!
— Xo'p bo'ladi, — sal jonlanib ikki kaftini bir-biriga ishqalagancha kennoyisiga ergashdi Nurali…
Ketib borardi-yu, shayton hoziroq tappa bosishga undardi. Nurali paytdan foydalanib qolishni xohlardi… Juda-juda xohlardi. Ammo bu ishni qanday boshlashni bilmasdi. Qandaydir noma'lum kuch uni ortga chekinishga majbur etardi.
Oxiri bo'lmadi. Iblis vujudini qitiqlab, noma'lum kuchni ham Nuralining ko'ksidan nari surib tashladi.
— Sen qaynoq muhabbat qulisan, — derdi shayton. — Bugun senday qulning kuni tug'adi. Foydalanib qol. Bunaqangi qulay fursat har kuni ham bo'lavermaydi. Ko'rdingmi, Nozli kennoying ham sening ko'zlaringga tik boqsa, qizarib-bo'zarmoqda. Demak, u ham sening, faqat sening bag'ringga kirishni istayapti. Oqibatini o'ylama, merovlanma, bo'sh-bayov yigitlarga o'xshab qolma! Dadil, keskir bo'l! Ana shunda bu dunyoning jami lazzati seniki bo'ladi…
Bu chaqiriqlardan so'ng Nuralining bag'ri battar o'rtandi. Ko'ksining tub-tubidan otilib chiqib bo'g'ziga qadalgan bir narsa vujudini larzaga keltirdi. Hadeganda jo'shib ketaverdi…
Oxiri portladi.
Nozlining ters o'girilib, nonushta tayyorlayotganidan foydalanib asta yaqinlashdida, orqasidan quchdi.
— V-vay, b-bu nima qilganingiz? Q-qo'yvoring!
Nozli kuchli qo'llarni belidan olib tashlashga tutindi. Biroq olib tashlayolmadi. Tanasini juda yoqimli bir tuyg'u chirmab olgan ko'yi nomigagina, yo'ligagina qarshilik ko'rsata boshladi.
— Qo'yvoring, iltimos! — derdi u harsillagancha nafas olib. — B-birov kirib qoladi-i! Axir… Kennoyingizman! Akangiz…
Nurali kuch bilan uni o'ziga qaratdi-da, yuz-ko'zlaridan tamshana-tamshana o'pa ketdi. Keyin Nozlining qulog'iga shivirladi:
— Endi sen akamnikimas, faqat menikisan! Seni sevaman, jonim! Judayam sevaman! Yur, yotoqqa kiraylik! Men… Ortiq chiday olmayman!
Nurali Nozlining o'z oyog'i bilan yurishiga ham toqat qilmay, uni dast ko'tarib oldi-yu, akasining yotog'iga zipilladi.
***
… Oradan bir soatcha vaqt o'tib ikkovlari ham xuddi tarvuzi qo'ltig'idan tushgan banda kabi bo'shashgancha karavotning ikki chetida o'tirishardi. Nozli unsiz yig'lar, vahimaga tushganidan vujudi titrardi.
Nurali esa shu tobda Nozliga yer

1 2 3 »

#Hayotiy hikoyalar#113#real#voqealarga#asoslangan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика