#

DIQQAT! ODAM SOTILADI!»

Luqmon olisdan kelgan tanishi Barnoni yetaklab institut yotog'iga yaqinlashib kelganda, vaqt shomdan og'ay deb qolgan edi.
U atrofga olazarak qarab oldi-da, yoshi o'n to'qqizlarga borgan, do'mboq, bug'doyrang, kalta soch tolalariga turfa rang berilgan, burniga aravak taqib olgan Barnoni panaroqdagi o'rindiqlardan biriga o'tqazdi.
— Sen shu yerda o'tira tur! — tayinladi qizga Luqmon. — Men ehtiyot shart qorovul kampir bilan tillashib ko'raman. Ko'nmasa, xonadagi bolalar bilan bir yo'lini toparmiz.
Qorovul kampirning avzoyi buzuqdek tuyuldi. Luqmon indamay qo'ya qoldi.
Ikkinchi qavatga ko'tarilib, xonasiga kirdi. Xonada kursdoshi Shuhrat yastanib olgancha qandaydir suratlarni tomosha qilardi.
— Namuncha yotoqlanmasang? — urishgan bo'ldi uni Luqmon. — Tur, ish bor!
— Vey, qaerda yuribsan? — Shuhrat o'rnidan turib so'rashish uchun qo'l uzatdi. — Darsgayam kirmading! Muallim so'radi seni!
— So'rasa so'rayvermaydimi? Buyoqda zo'r ish boshlab qo'yganman.
— Qanaqa ish?
— Xullas, tanish qiz kelgandi. Uni yotoqqa joylash kerak-da!
— Angrovmisan nima balo? — tutoqib ketdi Shuhrat. — Kampir bilib qolsa, hammayoqqa do'mbira qilib chaladi-ku!
— Tushunsang-chi, u juda kerakli qiz!
— Nimasi kerakli?
Luqmon Shuhratning qulog'iga nimalardir deya shivirladi. Shuhrat beixtiyor ko'zlari katta-katta ochilib, ortga tislandi.
— Xavfli emasmi ishqilib? — so'radi ovozini pasaytirib. — Tag'in…
— Yurak bo'lishi kerak-da odamda! — koyib berdi Luqmon. — Biz orqa planda qolamiz. Nimasi xavfli?
— Qo'lni tashla!
— Mana bu boshqa gap. Xo'sh, qizni nima qilamiz?
— Sen aytganingday pastdan choyshabda tortvolamiz. Uni shu xonaga joylab, o'zimiz boshqa joy qidiramiz.
— Asl jo'ramsan-da o'zingam!
Luqmon og'zi qulog'iga yetib qilpillagancha pastga tushib ketdi.
***
Alahol qo'shni xonada turadigan Muhiddin va Mansur degan kursdoshlar ham qaerdandir kelib qolishdi. To'rtovlashib qizni xonaga tortib olishdi.
Barnoning ko'z qarashlari, o'zini emin-erkin tutishidan hayotda ko'p ishlarni ko'rgani akslanib turardi.
Ha, u qishlog'idan faqat Luqmonni deb kelgan. Nasib bo'lsa, uni bir umrlik orzusiga yetkazadi. Chet elga olib boradi.
“Ishqilib aynimachilik qilmasa bas. — ko'nglidan o'tkazdi Barno jilmaygancha o'ziga tikilib o'tirgan Luqmonga yer ostidan boqib. — Olib bormay ko'rsin-chi, nima qilarkanman! ”
— Ja zo'r bo'ldi-da kelganing! — Luqmon toqati toq bo'lib qizning qo'llarini kaftlari orasiga olib siypaladi. — Maza qilamiz ikkalamiz. Qara, jo'ralarim haqiqiy erkakcha ish tutdi. Xonani bizga bo'shatib berishdi.
— Bekorlarning beshtasini aytibsiz. — qo'llarini zarda bilan tortib oldi Barno. — Ishtahalar zo'r-ku-a? Kim sizni bu xonada olib qolarkan? Indamagan sari akildoqlik qilaverarkansiz-da! Bilib qo'ying, men bokiraman!
— Olib qolasan! — dedi Luqmon qovog'i uyilib. — Shuncha vaqt kutib bir kechalik haddim yo'qmi?
— Aytdim-ku, bokiraman deb! Nega tushunmaysiz? Yo meni shu maqsadda chaqirganmidingiz? Undan ko'ra ayting, Aytgan yeringizga olib borasizmi-yo'qmi? Nega indamaysiz?
— Olib boraman. — Luqmon g'udrangancha o'rnidan turib nari ketdi. — O'zingam o'lguday qaysar ekansan!
— Ajab bo'pti! Hov o'ris qizlarga borsangiz, o'shalar aytganingizni qiladi, bildingizmi?
— Bo'pti, bo'pti! — dedi kinoya aralash Luqmon ketishga chog'lanib. — Shunchaki… Seni sinamoqchiydim-da!
Bu gapni eshitgan Barno yigit chiqib ketishi bilan qiqirlab kulgancha teskari o'girilib o'ziga oro bera boshladi.
***
Ertasi kuni Luqmon qizni tundlangan qiyofada qarshi oldi.
Bir muddat tek turgach, nihoyat yorildi:
— Bilasanmi, Uyoqqa poezdda bir o'zing ketishingga to'g'ri keladi.
— Nega? — qoshlarini chimirib hayrat aralash Luqmonga tikildi Barno. — Siz-chi?
— Men ertaga samolyotda uchib boraman. Qo'rqma, pochchamminan opam ikkalamizniyam kutib olishadi.
— Nega unaqa qilayapsi-iz? — xafalangan ohangda so'radi Barno. — Bir o'zim qanday ketaman uzoq joyga?
— It yermidi? Aytdim-ku, sendan oldin yetib borib vokzalga kelaman. Nima qilay, pasportim qishloqda qolib ketgan ekan. Umuman esimda yo'q edi. Akam yetkazib kelguncha poezd kutib turmaydi-ku!
— Mayli, — og'ir xo'rsinib qo'ydi Barno. — Ketsam ketaverman-da! Ammo bormasangiz bilib qo'ying…
— Jinnimisan? Bir o'zingni begona yurtlarda qoldirmayman-ku! Qolaversa, opamga va'da berib qo'yganman.
— Xo'sh, qachon ketamiz o'sha vokzalingizga?
— Hoziroq. Kursdoshlar darsdan chiqsin, darhol jo'naymiz!
— Shaharniyam aylantirasizmi?? — toqatsizlanib so'radi Barno. — Undan keyin dengizga olib borib kemada sayr qildirasiz.
— Hammasi bo'ladi. — kuldi Luqmon. — Shuning uchun ketyapmiz-ku! Dengizdayam suzasan, shaharniyam kezasan. E, kerak bo'lsa, har kuni restoranda ovqatlanamiz.
— Yest, yest! — Barno azbaroyi quvonib ketganidan irg'ishlagancha beixtiyor Luqmonning o'ng yuzidan o'pib qo'ydi.
***
Kechga yaqin to'rt yigit Barnoni o'rtaga olib vokzalga yetib kelishdi. Olisga jo'naydiganlarning sanog'i

1 2 »

#Hayotiy hikoyalar#167#diqqat#odam#sotiladi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика