Sevganim bilan. Realni by [email protected]$o$kor
Xozir yozvotganim hikoya yoki to'qilgan emas. Balki realni hayotimdan olingan voqea. Man bir qizni sevardim. U qiz b.n har kuni bog'da o'qishdan keyin ko&
Reklama bo'limi

Erkak nega yoq diydi?

Bo'limi: Jinsiy faktlar
O'qildi: 149 marta
Erkak Nega
''Yo'q'' Deydi ??
Bundan yana 10 yilcha oldin
bunday savol berilsa, kulgilik
tuyulishi mumkin edi. Hozirgi
kunga kelib esa, hayotdagi stress,
ekologiya, sog'lom tarzdan
yiroqda bo'lish va boshqa
faktorlar tufayli bu savol nafaqat
jiddiy, balki dolzarb savollardan
biriga aylanib qoldi.
Demak, erkak nega yo'q deyishi
mumkin ekan?
Erkakning jinsiy munosabatlarga
yo'q deyishining asosiy
sabablaridan biri - bu charchovdir.
Ish, pul topish, muammolarni hal
qilish natijasida erkak qattiq
charchagan bo'lsa, uning uchun
jinsiy munosabatlar hozir kerak
emasdek tuyulishi mumkin.
Erkakning salomatligi ham jinsiy
munosabatlarga bo'lgan
qiziqishini pasayishiga olib keladi.
Jinsiy talpinishga javobgar
gormon - testosteronning
pasayishiga erkakning umumiy
salomatligining yomonlashuvi
sababchi bo'ladi.
Depressiya. Depressiyaning
alomatlariga doimiy charchov,
kayfiyatning yo'qligi, uyqu
buzilishi, hayol buzulishi, asabiylik
kabilar kiradi. Depressiyaga
odatda biron tashqi muammo
sababchi bo'ladi. Ba'zida uni
davolash talab etiladi. Jinsiy
talpinish depressiya payti yo'qqa
tushib ketishi mumkin.
O'z hayotidan nolish, mamnun
bo'lmaslik. Agar erkak o'z
hayotidan, ishidan yoki boshqa bir
muhim faktordan qoniqmay
yashayotgan bo'lsa, u holda ham u
jinsiy munosabatlarga
sovuqqonlik bilan qarashi
mumkin.
Qattiq hissiy kechinma jinsiy
talpinishni vaqtincha so'ndirib
qo'yishi mumkin. Kechinma
yomon yoki yaxshi bo'lishidan
qat'iy nazar, u erkak psixikasiga
qattiq ta'sir qilgan bo'lishi
mumkin.
Erkakning g'ururi xotini oldida
poymol qilingan bo'lishi erkakda
o'ziga ishonch yo'qolishiga sabab
bo'ladi. Bu esa jinsiy aloqada unda
muammolar paydo bo'lishiga olib
kelishi mumkin.
Nosog'lom hayot tarzida
yashash. Ichkilikka berilgan
erkaklarda jinsiy munosabatlarda
muammolar paydo bo'lishi tez-tez
uchraydigan holat.
Uyquga to'ymaslik. . Erkak kishi
aktiv hayot kechirishi uchun to'yib
uxlashi kerak. Kuniga kamida 7-8
soat uyqu erkak uchun muhim
hisoblanadi. Aks holda, jinsiy
aloqaga bo'lgan ehtiyojining
pasayishi kuzatilishi mumkin.
Muhimi, erkakda hayot mobaynida
jinsiy munosabatga bo'lgan
ehtiyojning pasayishi sezilsa,
buning sababini shu zahoti
boshqa ayolda, sevgi yo'qolganida,
xotini yoqimsiz bo'lib qolganida
yoki biron jiddiy kasallikda emas,
balki yuqoridagi faktorlarda izlab
ularni bartaraf etib ko'rishdan
boshlash to'g'riroq bo'ladi.
» Teglar: erkak (9), nega (4),
Boshqa hikoyalar
Сунъий йўл билан ҳомила пайдо қилиш мумкинми?
Савол: Оила қурганимизга ўн йил бўлди. Афсуски, фарзандимиз йўқ. Турмуш ўртоғим билан бундай қарорга келдик: «Сунъий йўл билан ҳомила пайдо қилсак- чи?!»
Maslaxatlar. Yusuff Amin
«HAQIQIY ERKAK» 1.Har kuni dush qabul qiling. Dush qabul qilish uchun terlab pishib ishlash yoki jinsiy yaqinlik qilgan bo'lish shart emas. 2.Ikki ku
Reklama bo'limi
Яндекс.Метрика
© EHTIROSLI.RU | 2016-2020