Aldanga qiz
Bugun sozlamoqdan balki rost balki yolgon Barisi yogiz allohga ayon Bir qiz bolgan ekan Nimalar qiladi barchasi uziga ayon Erta turar suus sudur qilar Bazan uyin kulgu

maslaxat

Bo'limi: Jinsiy faktlar
O'qildi: 82 marta
Odatda, 16-20 yoshlar orasida (hatto ayrimlarda 14,5 yoshdan 21 yoshgacha) shahvoniy hislarning o'ta jo'sh urishi — giperseksuallik davri bo'lib o'tadi. Bu eng xatarli palla— rasida davrining cho'qqisi bo'lib, o'smirlarning goho o'zini idora qilolmay qolishi bilan ham ifodalanadi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin kuchayishi natijasida avdrogen gormonlar ko'p ishlab chiqarilib, vujudni junbishga keltiradi. Hozirgi kunda, akseleratsiya hodisasiga bog'liq holda o'smirlar giperseksualligi davrining o'ziga xos, og'ir tusda kechishi kuzatilmoqda. Bu yoshdagi ko'pchilik o'smirlarda jizzakilik, asabiylik, ko'cha-ko'yga intilish, tengdoshlari bilan ko'proq qizlar mavzusida suhbatlashishni istash, ishqiy sarguzashtlar borasidagi kattalarning lof-qoflariga o'chlik, shahvoniy tomoshalarga ruju qo'yish kabi illatlar paydo bo'ladi. Afsuski, aksari ota-onalar va muallimlar bu yoshdagilarni ta'qiq, tanbeh, koyish bilan yo'lga solib bo'lmasyaigini anglamaydilar va ko'gashcha aks natijaga erishadilar. Ota-onalar vujudida shahvoniy jo'shqinlikdek og'ir o'zgarishlar kechayotgan farzandlarini tashqi muhitning xar xil zararli ta'sirotlaridan, yolg'ondakam, sarob ishqiy tasavvurlardan himoyalash choralarini ko'rishlari lozim. Nazarimda bolalarimizni diskoteka, plyaj, park kabi yalang'och iblislar xukmron dargohlardan, "video" va oynaijahondagi besharmliklardan yiroq tutishimiz shu tadbirlar jumlasidandir. Bu yoshdagi o'g'il bolalar tarbiyasida aynan ota muhim o'rin tutishini unutmaslik lozim. Tomirlarida mislsiz quvvat jo'sh urayotgan o'smirning kuchi ustamonlik bilan boshqa foydali ishlarga yo'naltirilishi joiz. Masalan, o'smirni qiziqarli qo'shimcha dars mashg'ulotlariga, sport to'garaklariga, jismoniy mehnatga jalb etish eng to'g'ri uslublardandir. Ushbu davrni o'z boshidan kechirayotgan o'smirning nazoratsiz qolishi o'ta xatarlidir. Hayotiy misol: Yaqinda tuman sudlarining birida ko'rilgan jinoiy ish bilan tanishiishmga to'g'ri keldi. 5 nafar 16 yoshli tengdosh ogaynilar ota-onasi uyida bo'lmagan bir do'stinikida "bazmi jamshid" uyushtirishgan. Bazmda ozgina sarxush bo'lishgach, qandaydir videotekada erotik kino ko'rishgan. So'ngra betoqatlangancha ko'chaga chiqib, gira-shira tun og'ushida, xilvat joyda o'zlaridan bir necha yosh katta qizni zo'rlashgan. Albatga, jinoyatchilar o'z jazosini olishdi, ammo bu holning ildizi biz o'ylagandan chuqurroqdir. Ma'lum bo'lishicha, bu o'smirlar "og'ir" oilalarning tarbiyasiz farzandlari emas ekanlar. Aslida, shahvoniy hislari jo'sh urgan yoshlarga o'ta salbiy ta'sir ko'rsatuvchi pornografik filmlarni namoyish etib boylik orttirayotgan kimsalar eng asosiy jinoyatchilardir. Ota-onalar o'tish yoshidagi farzandlarining tarbiyasida quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat beripshari shart: O'smir farzandingiz oldida turli xil filmlardagi bepardaliklardan yiroq bo'ling. Farzandingizning qanday filmlarni ko'rishini nazorat qiling, chunki erotik filmlardan tashqari, dahshatli ("ujas") kinolar ham jinsiy va ruhiy aynishlarga olib kelishi isbotlangan. Jumladan, nekrofillar (o'lik bilan jinsiy aloqa qiluvchilar) va sadistlar (juftini qiynashni xush ko'radiganlar)ning ko'pchiligi bolaliklarida "ujas" filmlar ta'sirida o'sib ulg'ayganliklari haqida amriqolik ruhiyotshunoslarning xulosalari mavjud. Unutmaslik kerakki, behayo kinolavhalarning ta'sirida bo'lgan bolalar qusurli fikrlar og'ushida o'sib, jinsiy buzilishlar bo'sag'asiga ancha barvaqtroq qadam bosishlari hech gap emas. Bola har qanday pornografik lavhani asl jinsiy munosabat sifatida
1 2
» Teglar: maslaxat (6),
Boshqa hikoyalar
Jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish: texnikasi, usullari, qoidalari, yo’llari, nima qilish kerak
Qanday qilib erkakning jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish yo’llari shartli ravishda bir necha guruhga bo’linadi. Birinchisi jinsiy aloqa texnikasi bilan to&rs
Jinsiy aloqa haqidagi sir
Erkak va ayolning jinsiy aloqaga bo'lgan munosabatining farqi shundaki, erkak kishi aloqa yakunida lazzatlanishi shart. Aks holda, qoniqmaslik unga jismoniy noqulayl
Яндекс.Метрика
© EHTIROSLI.RU | 2016-2020