#

“Jurnalist ekansan, ustidan yoz bolam. ” (hayotiy voqea)

 
Bu mavzu haqda anchadan buyon yozgim kelib yurardi, nasib qildi, kechagi bir suhbatdan so‘ng endi so‘z ochmoqchiman. Kecha mobil telefonimga qo‘ng‘iroq bo‘ldi, javob bersam, ayol kishining ovozi. Salom berdim.
- Va alaykum assalom. Bolam, sen KUN’da ishlaysanmi? Tasdiqladim.
- Menga bozordan “uchga to‘rt” o‘lchamda do‘kon ajratishgandi. O‘zimning yoshim oltmishdan o‘tdi. Shu do‘konni ishlatishni boshlaganimdan keyin bir milliarder bola meni ishlashimni ko‘ra olmay, sudga berib, rosa ovora qildi.
- Sizni nega sudga beradi?
- Savdo qilishimni ko‘ra olmaydimi yoki boshqa sabablari bormi bilmayman. Oxiri Oliy sudgacha bordim, u yerda mening foydamga yakuniy qaror chiqarib berishdi. Lekin u bola meni yana tinch qo‘ymaydimi deymanda.
- Qaysi ma’noda tinch qo‘ymaydi? Do‘q qiladimi, to‘sqinlik qiladimi? Qo‘lingizda Oliy sudning hukmi bo‘lsa, huquqingizni himoya qiluvchi davlat organlari bor. Qolaversa, u bolani milliarder deyapsiz, sizning do‘koningiz bilan ishi bo‘lmas-ov. Mayli, onaxon, mendan nima xizmat?
- Shuni ustidan bitta yozib yuborgin bolam, xarajati mendan. Ustimdan muzdek suv qo‘ygandek bo‘ldi, yo‘q, yo‘q, bu ta’rif kamlik qiladi, holimga maymunlar yig‘lagandek emas, kulgandek bo‘ldi. Telefonni indamay o‘chirdim-da, xayolga toldim. Nega biz bundaymiz-a? Imkoniyat yaratilmasa, dod adolat yo‘q, inson haq-huquqlari oyoq osti bo‘lmoqda, deymiz. Bunga imkoniyat berilsa, sayyoralardek-sayyoralardek talablarimiz, istaklarimiz paydo bo‘ladi. Eng yomoni jurnalistlarni “yozuvchi”ga chiqarib, ig‘vo boshlamoqchi bo‘lamiz. Men yangi davr jurnalistiman. Bu
- “yozuvchi” degan salbiy qarashlar qayerdan kelib chiqqan bilmayman. Balki o‘sha “quloq” qilingan zamonlardan qolgandir, balki undan keyin paydo bo‘lgandir, ammo gap shundaki, tunlari bedor bo‘lib, biror bir manfaatdan umidvor bo‘lmay, mana shu odamlar tashvishida, dardida chopsang-u, senga qo‘ng‘iroq qilib, “ustidan yozib yubor” deyishsa. Ha, uka, ko‘nglingizga yaqin olmang, bir ayol aqli yetmay gapiribdi-da, shunga ham siqilib o‘tirasizmi, deyishingiz mumkin. Javobim qat’iy – ha, siqilaman, meni “yozuvchi”ga chiqargani uchun emas, balki millat sifatida, xalq sifatida bir-birimizni tushunib yetmayotganimizdan, birlashmayotganimizdan, hali-hamon haqiqiy o‘zbek bo‘la olmayotganimizdan siqilaman. Mana, KUN tahririyatiga har kuni yuzlab murojaatlar kelib tushadi. Borib o‘rganasiz, hal etasiz, kutasiz, suhbatlashasiz, asablar taranglashadi, bedorlik. Bu jarayonlarga aralashmay, millat ishiga qo‘shilmay, panada turgancha dod deyish va o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida jurnalistlarni “yozuvchi”ga aylantirish insofdanmi? Jurnalistlar haqida shunday o‘ylashning o‘zi adolatdanmi? Jurnalist shaxsiyati haqida ana shunday fikr yuritilaverganidan biror davlat tashkilotiga borsangiz, yuzlari tirishadi “uf, ana, yozuvchi keldi” deb. Ayrim rahbarlarning ochiq aytgan paytlari ham bo‘lgan. Butun jurnalistlar nomidan gapirishga haqli emasman, ammo odamlarga – xalqimizga bugun aytar so‘zim shuki, bugun zamon mutlaqo yangi shaklda, yangi mazmunga ega. Bugun davrning fidoyilarga ehtiyoji bor. Jonini jabborga berib, kasbiga sodiq jurnalistlarni asraylik, ularni befarosatsizlarcha xafa qilmaylik, sal tafakkur yuritaylik. Ular siz aytayotgan “yozuvchi”lar emas, ular jurnalistlar. Sizning, mening, uning MILLATning dardida yonayotgan jurnalistlar.ymaydi? Do

#Hayotiy hikoyalar#92#bolam#hayotiy#voqea
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика