#

— AGAR O’LDIRMAGANINGDA … [voqeiy hikoya]

Ushbu daxshatli va sirli voqeani menga bir tanish akaxon ancha yillar oldin so’zlab bergandi, bu tahminan 18 yil oldingi xikoya
usha vaqtlari yigitlar qizlar telefon bn gaplashib uchrashuvlarga chiqishmas yoki SMS yozib uchrashuv nuqtasi belgilashmas edi. usha kishini tilidan so’zlab beraman. « … Bug’doy urumi arafasidagi payt edi. Yoz kechasi edi. Eng yaqin jo’ram Kamoliddin bilan men (u sevgan qizchasi bilan uchrashish uchun narigi qishloqqa tanish qirlarning orasidagi oq xarsang tosh ortida ruschasiga aytganda “svedaniya” qilgani borgandi. Men esa unga xam qo’riqchi xam xamroh bo’lib birga borardim. Qisqasi u sevgan qizi bilan harsang ortiga o’tib ketib asta pichirlashib suhbatlasha boshladi. Meni vazifam qir tagida toshdan sal beriroqda kulrang qo’ng’ir toshlar orasida o’tirib biror xavf xatar daragidan poyloqchi bo’lish edi. Osmonda oqarib oy balqib turar, bir ikkita patga uxshash bulutlar onda sonda qop qora osmon sahnida suzib yurardi/ men zerikib bitta xasni tishimga qistirib zerikib atrofa qarab o’tirardim. Shu on aniq ko’rdim. Mendan atigi zafaroff ikki metr narida taxminan kattaligi toshbaqadek keladigan qop qora narsa sekin emaklab men tomon yaqinlasha boshladi. Juda qattiq qo’rqqan bulsam xam mard qishloq bolasi yigiti emasmanmi dadil bo’lib unga qarab kuzata boshladim, u narsa huddi nemislarning kaskasiga uxshagan zirhli qobiqli kattagina narsa edi, qarasam borgan sari menga yaqinlashib sharga uxshab shishib borayabdi. Ana shunda jonim xalqumimga kelib bita kattagina handalakdek keladigan toshni oldimda “g’arch” etib ura ketdim xaligi narsani va u narsa “pilch” etib pachoq bo’lib yorilib shilta qora qoniga botib yerga qapishib qoldi. Men uni o’ldirib yengil hursinib quygandim shundoq oldimda aniq bir nimani qimirlaganini ko’rib seskanib yonboshimga qaradim… Shundoq oy nuri tagida yonimda soch soqoli oppoq nuroniy bir chol menga qarab turardi va sekingina ovozda
— Agar o’ldirmaganingda … – degan edi men odob yuzasidan
— Assalomu alaykum! - deb yuborgandim xaligi chol parlanib yo’q bo’lib qoldi… shu shu qaytib ko’rinmadi xam gapi xam chala qoldi. Mana oradan deyarli yigirma yil o’tkan bulsa xanuz o’ylayman ushanda salom berib gapini bo’lmaganimda usha chol nima demoqchi bo’lgandi “Agar o’ldirmaganingda. ” degandi nim abo’lardi usha narsani o’ldirmaganimda
Shu narsa xanuz jumboqligicha qolmoqda

#Hayotiy hikoyalar#32#agar#voqeiy#hikoya
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика