#

Qasoskorlar qismati

Qo'chqor bir kuni mayxonaga kiribdida, ko'z yoshi qilib mayfurushga debdi:
- Ellik gramm toza aroqdan quychi menga! Mayfurush shoshilmay aroqni oldida o'lchab piyolakaga quydi. Qo'chqor bir ko'tarishda piyolani bo'shatdi.
- Yana ellik gramm quy!
- Nima bo'ldi qo'chqor nega ko'p ichasan?- deb so'rabdi undan keksa mayfurush taka.
- Ichimga chiroq yoqsa yorishmaydi.
- Nima bo'ldi o'zi?
- Keksa shohdor qo'chqor otam bor edi. Kechasi qo'yxonaga bo'ri kirib, uni yeb ketdi. Bo'ynidagi qo'ng'irog'i qoldi xolos.
- Unday bo'lsa ichaver, darding yengil tortadi,- deb maslahat beribdi mayfurush. Qo'chqor kechgacha aroq ichibdida, kechqurun gandiraklab ko'chaga chiqib, bo'g'iq ovoz bilan maray boshlabdi.
- Nega maraysan?- deb so'rabdi undan echki.
- Mast bo'lganim uchun.
- Ko'p ichma, aroqning yaxshiligi yo'q.
- Boshimga shunday og'ir kulfat tushib turgandan, qanday qilib ichmay? Kechasi mehribon otamni bo'ri yeb ketdi.
- Xo'sh qayoqqa ketyapsan?
- O'rmonga.
- U yerda nima qilasan?
- Bo'ri bilan olishaman. Uni yingib terisini shilib olamanda sotaman. Qo'chqorning ko'zlari g'azabdan yonib ketibdi.
- Men ham birga boray. Qara qandax o'tkir shohlarim bor!-debdi echki.
- Yo'q, Yo'q! O'zim tazirini beraman u qotilning. Mast qo'chqor qishloqdan chiqib o'rmonga ketibdi. Qarshisidan it chiqibdi.
- Men ham birga boray,- deb iltimos qilibdi it.- Yozda bo'ri ikkita ukamni g'ajib tashlagan. Ko'pdan beri tishimni qayrab yuribman. Sen u bilan olishganingda, men ustiga sapchib bo'g'zidan tishlab olaman.
- Yo'q, Yo'q! G'azabim shunchalikki, uni bir urishda ag'darib tashlayman. Qo'chqor bo'ri bilan bir o'z olishibdi. Bo'ri uni yeb qo'yibdi. Echki qo'chqor uchun o'ch olmoqchi bo'lib o'rmonga boribdi. Bo'ri uni ham gumdon qilib qo'ya qolibdi. It ham sheriklari o'chini olmoqchi bo'lib o'rmonga bo'ribdiyu, shu ketgancha dom- daraksiz g'oyib bo'libdi. Bo'ri esa yonboshlab sigaret tutatib qor bosgan, mo'rkonidan tutuni chiqib turgan uylarga qarab o'yga toldi. "Qo'chqor, shohdor echki, o'tkir tishli itlarning bir bo'lib menga hamla qilish fikri kelganda. U holda dunyo ko'zimga tangaday tor bo'lib ketardi." Qissadan hissa siz azizlardan do'stlar!

#Hayotiy hikoyalar#35#qismati
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика