#

"Foydali hikoyalar" turkumidan Noshud

Bir odam shahardagi bozorga kelayotgan ekan. Qo'lida tuxum to'la savat ko'targan. Yo'lda ketayotib, o'zi bilan o'zi gaplashib boraveribdi:
- Savatimda yuzta tuxum bor, har bittasini to'rt yuz so'mdan sotsam ham, qirq ming so'm bo'ladi. Bordiyu, besh yuz so'mdan sotsam ellik ming so'm bo'ladi. Agar besh kun ellik ming so'mdan sotsam ikki yuz ellik ming so'm bo'ladi. Bu pulga bozordan ikkita echki sotib olaman. Uni yaxshilab boqaman, ko'z qorachiday asrayman. Echki jonivor tez ko'payadi. Agar tomog'iga qarasam u menga bir yilda ikki marta, ikkitada tug'ib beradi. Ular katta bo'lib, yana ko'payishadi-da, butun hovlim to'lib ketadi. Ularni bozorga olib borib sotaman. O'rniga yaxshi qo'ylardan sotib olaman, bitta ho'kiz ham qo'shib olaman. Ularni semirtirib sotib yangi "LASETTI" olaman. Hammani qoyil qoldirib katta uy tashlayman. Uning basseyni ham bo'ladi. Usti yopiq bassiyn bo'ladi qishda ham cho'milishga yaxshi. O'g'limni yurfakka o'qishga solaman keyin pulning o'zi keladi. Qahramonimiz hayol bilan bo'lib to'g'risida turgan stalbani ko'rmay qoldi. Savat stalbaga urilib yiqilib tushdi. Bechora o'rnidan turdida, yerga engashib, loaqal birortasi butun qolgandir deb qaradi. Lekin tuxumlarning hammasi qachoq bo'lib ketganini ko'ribdi. Bir yo'lovchi unga yetib kelibdi.
- Birodar,- debdi unga qahramonimiz- ko'pdan buyon ketimdan kelyotganmiding?
- Sen boy bo'la boshlagan vaqtidan to bor yo'g'ingdan ajrab qolguninggacha,- debdi yo'lovchi.

#Hayotiy hikoyalar#98#hikoyalar#turkumidan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика