#

AYBSIZ AYBDORLAR

Yangi qurilgan mahallaga ikkita qo'shni ko'chib kelishibdi. Ulardan birini uyida xar kun urush janjal bo'larkan. Ikkinchi qo'shni ittifoqda sokin yashar ekanlar. Janjalkash oila ularga hasad qilar ekanlar. Axiri urushqoq ayol eriga debdi: «Boring kuzatingchi, nega ular hech urishmaydilar. Yoki urishsalar xam tashqariga eshitirishmaydilar. Urushqoq ayolni eri berkinib asta tinch oilani kuzata boshlabdi. Ayol yulakchani polini yuvayotgan edi, biroq telefon qo'ng'irog'iga chalg'ib oshxonaga kirib ketdi. Shu vaqt xojasi bir narsasini unutib ishdan birrovga uyiga shoshib keldi-yu yulakchadagi pollatta solingan chelakdagi suvni ag'darib yubordi. Hammayoq shalabbo bo'ldi. Bu holatni poylab turgan qo'shni o'ziga dedi: «Ana tamom hammasi, hozir janjal bo'ladi!» Dilxiralik – janjal bo'lishini diqqat bilan kutib, kuzata boshladi. Shu vaqt ichkaridan tinch oila bekasi yugurib chiqdida «Uzr begim, men aybdorman. Chelakni beparvolik qilib oyoq ostida qoldiribman»- desa. Xojasi «Hechqisi yo'q bekam, men o'zim aybdorman. Oyoq ostiga qarashim kerak edi» dedi. Bu holatni ko'rgan janjalkash er uyiga mahzun holda qaytib keldi va janjalkash xotiniga dedi. «Tushunarli, men hammasini tushundim. ULARNI UYIDA HAMMA AYBDORLAR YaShAR EKANLAR… BIZNI UYIMIZDA ESA AYBSIZLAR» – debdi.

#Umr manzaralari#41
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика