#EHTIROSLI.RU#
Yomon ayol qanday paydo böladi? 3-qism
Er ish xonasiga kirib yoyilib yotgan qog'oz-kitoblar, chang bosgan ish stoliga va kompyuter stoliga qarab avval biroz jahli chiqdi. So'ng odatdagidek g'azabini mayin tabassum bilan yengdi-da, yana bir saboq uchun tadbir topdi. U chang bosib yotgan ish stoliga "Alloh taqdir qilgan umr yo'ldoshim, jufti halolim, seni jonimdan ortiq ko'raman", xuddi o'sha holatdagi kompyuter stoliga esa "Farzandlarimning onasi, onajonimning sevimli kelini, qalbim ardog'idagi malagim, umring barakotli bo'lsin!" deb yozib qo'ydi-da, bolalarini ovqatlantirayotgan ayoliga mehr bilan dedi:
- Onajonisi, iltimos, ish xonamdan bir hafta oldin olib kelgan hujjatlarni olib chiqib ber, haligi yashil jildga solingan-chi...
Ayol xonadan chiqib, jildni eriga uzatar ekan, yuzida iymanish va xijolatli tabassum o'ynardi. U erining nima demoqchiligini tushungan, bundan keyin bolalarga ham qarab, uyning tozaligiga ham jiddiy e'tibor qaratishni ahd qilgandi.
Xato qilgan ayoliga yomon muomala qilmasdan, balki uning aybini go'zal shaklda tushuntirib,noqulay va ko'ngilsiz vaziyatni xursandchilikka aylantirgan aqlli erning oqilona tadbirlari Oiladagi totuvlikni mustahkamlaydi. Mana shunday beozor tarbiya saboqlari bilan baxt sari borayotgan juftlar haqiqiy muhabbatli, chinakam baxtiyor oilalardir. Yomon xotin qayerdan paydo bo'ladi, degan gapning ma'nosini endi mulohaza qildingizmi? Inson xato qiladi, adashadi, yanglishadi. O'sha yanglish yo'lda yurgan muloyimlik va mehr bilan to'g'ri yo'lga boshlash saodat kalitini qo'lga kiritish demakdir. Ayniqsa, bunday vazminlik bilan oila qo'rg'oni yanada mustahkamlanadi, ayol o'zini sevimli, kerakli va eng muhimi hamma havas qiladigan rafiqa hisoblaydi. Baxtiyor erkak uchun shuning o'zi yetarli emasmi?

• Er-xotin orasidaYomonAyolQandayPaydoQism
← 40 da ham quyilmaganlarYomon ayol qanday paydo bóladi? 2-qism →
Mavzuga aloqador
  Яндекс.Метрика   #
ehtirosli.ru hikoyalar hikoya xikoyalar xikoya хикоялар хикоя ҳикоялар ҳикоя хикойалар хикойа ҳикойалар ҳикойа хикоелар хикое ҳикоелар ҳикое ehtirosli hikoyalar extirosli hikoyalar ehtirosli hikoya extirosli xikoya