#EHTIROSLI.RU#
Yomon ayol qanday paydo bóladi? 2-qism
Jonim, bu ne hol? Bundan buyog'iga onajonimizning oshxonalari, kapgiru cho'michlarini sening buyumingga aylandi. Uzun tirnoqlarda oshxonada taom tayyorlash, kir yuvib, uy tozalash senga mushkul emasmi? "Men shunga o'rganganman" dersan. Shunday ham bo'la qolsin, go'zalim, ammo bu tarzda yurish gigienaga ham to'g'ri kelmaydi. Yana keksalar "Tirnoqlar ostida shayton bolalaydi" deydilar. Men qo'llaringda farishtalar o'ynashini, yurgan yo'llaringga huru malikalar gul sochishini istayman. Endi sen mening izmimdasan, mening jonimsan, bunday ortiqcha "bezak"laringga xohishim yo'q. Senga oddiylik va samimiylik, hech kimga o'xshamaslik yarashadi...
Bu e'tirof aralash e'tirozdan so'ng kelinchakning nozik barmoqlari og'ir yuklardan xalos bo'ldi. Oppoq, mayin barmoqlar laklanmagan, top-toza tirnoqlar bilan yanada go'zallashadi.
"Voajab, nega shunga o'zim ahamiyat bermagan ekanman-a? Uzun tirnoqlarda yurganimda qo'limga xuddi og'ir narsa ushlab olgandek edim, endi barmoqlarim yengil..." Kelinchak barmoqlariga qarabo'ylanib qoldi.
Shu tariqa yigit juftini muloyimlik bilan o'zgartirishga kirishdi. Ortiqcha pardozdan voz kechilgandi kelinchakning yuzi avvalgidan-da nurli chehraga aylandi. Yillar shamoli bir paytlari odamlar tannoz, sovuq suvga qo'l urmaydi deya "ta'riflagan" suluv qizni mehribon rafiqa, g'amxo'r ona, uddaburon uy bekasiga aylantirdi.
Bir kuni yosh bolalari bilan o'ralashib, erining xonasini tartibga keltirishni unutib qoldirgan ayolni jufti odatdagidek muloyimlik bilan "jazoladi".
Nonushtadan so'ng ishga chog'langan erning xayoliga tuqus bir hafta oldin ishlaydigan xonasida qoldirgan kerakli hujjatlar tushdi. Ishxonadagi surunkali tekshiruvlardan charchab kelib, uyidagi ish kabinetiga kirishga fursat qilolmasdi. Bugun tekshiruvlarga kerak bo'ladigan hujjatlarni bir hafta oldin uyiga olib kelib ishlagandi.

• Er-xotin orasidaYomonAyolQandayPaydoQism
← Yomon ayol qanday paydo böladi? 3-qismYomon ayol qanday paydo böladi? 1-qism →
Mavzuga aloqador
  Яндекс.Метрика   #
ehtirosli.ru hikoyalar hikoya xikoyalar xikoya хикоялар хикоя ҳикоялар ҳикоя хикойалар хикойа ҳикойалар ҳикойа хикоелар хикое ҳикоелар ҳикое ehtirosli hikoyalar extirosli hikoyalar ehtirosli hikoya extirosli xikoya