#EHTIROSLI.RU#
Xotinimdi dugonasi 2
Yotib uxlay desam, joy hozirlanmagan. Og‘zimni kappa-kappa ocharkanman, xotinimga ma’noli qarab qo‘ydim. U dugonasining yonginasida o‘tirib olib, allaqaysi siyqasi chiqib ketgan serialni o‘zgacha ishtiyoq bilan tomosha qilyapti. Xuddi yangi film ko‘rayotgandek bir-biri bilan muhokama ham qilib qo‘yadi.
· Bugun ish ko‘p bo‘ldi. Rosa charchadik, — dedim tomoq qirib olarkanman.
· Dugonam bir kelib qolibdi, picha o‘tiring. Yozilib ketay deb kelgan. Eri odam emas ekan. Urmoqchi bo‘libdi, uni. Oson emas unga ham. Keyin bolalarning xonasiga kirib uxlab turarsiz... — dedi ayolim televizordan ko‘z uzmay.
Ikkalasining televizor tomosha qilishiga biroz termulib o‘tirishga majbur bo‘ldim. So‘ng tag‘in ming‘irladim:
· Sizlar serial ko‘raveringlar, men chiqdim u xonaga.
Bolalar xonasida kichkintoyimiz uxlab yotgan ekan. Uning yoniga cho‘zildim. Qani uxlay olsam. “Balkon”dan to‘rt bolaning baqir-chaqiri, “zal”dan serialning ovozi kelib, to‘g‘ri miyamga urilayotganga o‘xshardi. Zo‘rg‘a ko‘zim ilindi, deganimda bolalardan biri xonachaga yugurib kirib, hammasini barbod qilardi. Xullas, o‘sha kuni dam ololmadim. Ko‘zimga yostiq ko‘rinib, zo‘rg‘a kechki ishimga ketdim. Bunaqada ishlab bo‘larmidi? Bir necha marta idishni to‘g‘ri tuta olmay, suvni to‘kib yuborgan paytlarim bo‘ldi. Qanday ishlaganimni bilmayman Xullas, tongda uyga kelsam, xotinim “balkon”ga joy qilib qo‘ygan ekan.
Ishga ketishda choy icharman, deya o‘zimni o‘ringa tashladim-u, yarim soatda qo‘zg‘alishga majbur bo‘ldim. Chunki ayolim gaz plitasi yonida tiqir-tiqirini boshladi. Keyin dugonasi ham chiqdi. Undan keyin bolalar. Bunaqada uxlab bo‘larkanmi?
To‘g‘risi, kunduzi do‘konda og‘zim ochilishdan, ko‘zlarim yumilishdan charchamadi. Savdoda adashib ham ketdim.
“Bora solib, ovqat ham yemay uxlayman. Hech narsa qiziqtirmaydi meni. Avvalosi, dugonasi ketgandir, ham...”
Shirin xayollari bilan pod’ezdimizga qadam qo‘ydim-u, kayfiyatim tushdi. Hamon o‘sha shovqin, o‘sha to‘polon ko‘chagacha eshitilib turardi. O‘zimni zo‘rlab, jilmayishga harakat qilib uyga kirdim. Xotinim darhol ovqatni olib keldi. Lekin uxlashim yana kechikdi. Ertasiga esa ovqatim ham kech kelsa deng. Dugonasidan allanimalarni o‘rganayotgan xotinim undan keyingi kun eshikni ham kechikib ochdi. Yaxshi narsalarni o‘rganayotgan bo‘lsa ham mayli. Tirnoq o‘stirish, sochni sarg‘aytirish, qoshni bir yil ketmaydigan qilib bo‘yash, labni chuchchaytirish...
Xullas, oddiygina, mehnatkash, mulohazali xotinim bir hafta ichida oynaga qarashdan, pardozdan bo‘shamaydigan tannoz xotinlar qatoridan joy olishiga oz qoldi. Tag‘in nima deydi deng.
· Dadasi, ko‘proq pul topmasangiz bo‘lmaydi. Bu safar har oydagidek pul jamg‘arib qola olmadim. Bolalar katta bo‘lyaptimi?
“Bir haftada bolalar katta bo‘lib, ko‘p ovqat yeb qolarmidi, ovsar? Besh jondan sakkiz jonga aylangan bo‘lsak, yana sen go‘zallik saloniga pulni sovurib kelayotgan bo‘lsang!” — deya shunaqayam baqirgim keldi.
Afsus, xotinimning dugonasiga tegib ketmasin deb, ichimga yutdim. Ko‘ngli nozikmish. Eri xafa qilaverib, injiq qilib qo‘yganmish. Hech bo‘lmaganda biznikida yayrab yashab tursin emish...
Shunaqa gaplar keldiki...
Oxiri bo‘lmadi. Paytini poylab ayolimga shivirladim:
· Dugonang ketmaydimi? Bir xona uyda siqilib ketdik-ku!
· Ji-i-im eshitib qoladi. Arazlab kelgan. Eri urmoqchi bo‘libdi...
· Nima? Biznikiga arazlab keladimi? Otasinikiga borsin...
· Otasi o‘ldiradi-da! Nomus qiladi. Qaynonasi ham tinmay o‘g‘lining yonini olarmish. Hilolani tanballikda, epsizlikda, befarosatsizlikda ayblarmish...
· To‘ppa-to‘g‘ri diagnoz qo‘yarkan, lekin qaynonasi... — deganimni bilmay qoldim.
· Ji-i-im! “Erim izlab qon bo‘lsin, tavbasiga tayansin”, deya atay biznikiga kelgan. Faqat onasi biladi, bu yerdaligini...
· Eri mazza qilib o‘tirgandir, bir o‘zi... Xohlasa uxlaydi, xohlasa ovqat yeydi. Yoniga borsam bo‘larkan... — xo‘rsinib oldim.
· Sabr qiling! Bir umr qolmaydi-ku, shu yerda. Boshiga tashvish tushganda!
· Men-chi? — tishlanib dedim.
Bu gaplar xotinimga ta’sir ham qilmadi. Dugonajonimiz esa ketay ham demasdi. Bora-bora toqatim tugab, “uf” tortadigan, keyin bolalarga baqiradigan ham bo‘ldim. Qani, ta’sir qilsa... Qizarib ham qo‘ymasa deng.
Xotinimni siquvga oldim. Yo‘q, uyam dugonasi kabi bezga aylangan. Mening charchayotganim, kam dam olayotganim xayoliga ham kelmaydi. Alamdan vannaxonadiga narsalarni taraq-turuq qilib ham, xotinimni koyib ham ko‘rdim. Foydasi yo‘q...
Ochig‘i, uyga borgim kelmay qoldi. Lekin qayoqqa ham borardim?
·

• Er-xotin orasidaXotinimdiDugonasi
← Xotinimdi dugonasi yakuniy qismXotinimdi dugonasi →
Mavzuga aloqador
  Яндекс.Метрика   #
ehtirosli.ru секс хикоялар, seks hikoyalar, sex hikoyalar, секс хикоя, seks hikoya, ehtirosli hikoyalar, erotik hikoyalar, sex hikoya, эҳтиросли ҳикоялар, эротик хикоялар, extirosli hikoyalar, эхтиросли хикоялар, sekis hikoyalar, xxx hikoyalar, seks xikoyalar, эро хикоя, инцест хикоялар, порно хикоялар, erotic hikoyalar, рассказы, порно рассказы, секс рассказы, читать рассказы, читаем рассказы, рассказ служанки, инцест рассказы, еротические рассказы