#EHTIROSLI.RU#
Oriyat (Fotihasi buzilgan qiz)
- Buncha uzoq gaplashding, qizim? Telefon ham qizib ketgandir? Hozir "dod" deb chinqirib yuboradi, - dedi Maqsuda qiziga hazil-chin gapirib. Ammo ich-ichidan jahli chiqdi. Qizining dugonasi bilan gaplashayotgan gaplari uzuq-yuluq qulog'iga kirdi.
- Bitta uchrashuvga uch yuz dollarlik ko'ylak olibdimi?! Qoyil! Odamlar qanday yashashni biladi. Bu ketishda birorta magnatga tegsa ham, hech ajablanmayman...
Maqsudaning tushunishicha, kimdir qizini kimgadir ko'rsatish uchun uchrashuvga olib chiqqan. Qiziq zamon bo'ldi-da. Qizlar internetga rasmini qo'yadi, chiroyli kiyinib, pardoz-andozni joyiga qo'yib, ataylab fotosessiya qilishadimi-yey. Keyin yigitlar ularga xaridor bo'ladi.
- Ha, qizim, ishqilib, gaplaring chala qolib ketmadimi? - deya Maqsuda, qizi gaplashib bo'lgach, dilini og'ritib qo'ymadimmikin, degandek, hadik bilan qaradi.
- Oyi, shu Gulining oyisi zo'r-da.
- Nimasi zo'r ekan?
- Gapining puliga uch yuz dollarlik ko'ylak olib, Guliga kiydiribdi. Allaqayerda boyvachcha odam to'y qilayotgan ekan, bir amallab taklifnoma topib, Gulini olib boribdi...
- Guli nima qiladi boyvachchaning to'yida?
- E, oyi, soddaligingiz qolmadi-qolmadi-da. Durustroq, o'ziga to'q oila izlashyapti-da. Ataylab olib borishgan.
- Xo'sh, topibdimi o'sha o'ziga to'q, badavlat oilani.
- Bittasini ilintirishibdi, erta-indin uchrashuvga chiqisharkan...
Maqsuda birpas Shahzodaning og'ziga qarab o'tirdi. Qizi bu gaplarga xuddi oddiy narsalarni gapirayotgandek hikoya qilardi. So'ng o'rnidan turib, o'zini chalg'itishga urindi. Ammo ich-ichidan uni bir narsa azoblar, "Bizga nima bo'lyapti o'zi?" deya hozirgina eshitganlari xayolida jaranglab ovoz berardi. Shu o'ylar girdobida kechagina qo'shnidan eshitgan gapi lop etib, yana xayolida jonlandi...
- O'zi Samarqandlik qiz, Farg'onalik bir yigit bilan uchrashib yurar ekan, - deya gap topib keldi bir qo'shnisi.
- Ancha uzoq ekan orasi, ota-onalari berisharmikan?
- Berishsa-berishmasa zerikmaslik uchun uchrashib yurishibdi-da...
- Mamadali o'rtoqlari bilan garov o'ynashibdi. "Shu chiroyli qiz bilan bir marta bo'lsayam yuraman", deganmish...
- Iye, gap-so'z bo'lib ketmaydimi?
- Gap-so'z yopisharmidi odamga?
Maqsuda bunday gap-so'zlarni eshitganida o'zining bir og'iz so'zni ko'tara olmay butun hayotini ostun-ustin qilib yuborganini eslaydi. Oradan vaqt o'tib, odamlarning "lafz", "oriyat" degan tushunchalarga munosabatlari shu qadar o'zgarib ketarkan, nega Maqsuda o'sha paytlari shunday qildi ekan, a?!
* * *
Hammasi oddiygina boshlangandi. Uch kundan keyin Maqsudaning to'yi edi. Sevganiga turmushga chiqayotgandi u. Butun xayoli "Ishqilib, o'rtoqlarim yetib kelsin-da", degan istak bilan band edi.
- Hay qiz, sarpolarni ko'r! - dedi bir payt onasi. Maqsuda parvo qilmadi. "Sarpo-sarpo-da, uni ko'rganim bilan kamayib yo ko'payib qolarmidi?" dedi ichida.
- Maqsu, seni ammam chaqiryapti, - dedi tog'asining qizi. Maqsuda o'zi uchun zarar deb bilgan narsalarni taxlash bilan ovora edi.
- Nimaga ekan? - dedi shu bois ishidan chalg'igisi kelmay.
- Jiddiy gap bormish.
Maqsuda og'rinib o'rnidan turdi. Narigi uyga kirsa, oyisi, tog'asining xotini, yana bir-ikkita yaqin qarindosh ayollar shivir-shivir qilishayotgan ekan.
- Maqsuda, qizim, bir necha marta aytdik, kuyov tarafdan kelgan sarpolarni ko'r, deb... - dedi tog'asining xotini negadir dasturxon popugini o'ynab.
- O'zlaring ko'rgan bo'lsalaring bo'ldi-da...
- Biz-ku, ko'rdik. Xafa bo'lmagin-u, Maqsuda, quda taraf juda past ketibdi. Anavi narigi ko'chada yashaydigan Buvsora dasturxonchining bir marta er ko'rgan juvon qiziga ham senikidan durustroq sarpo kelgandi, - dedi xolasi.
Maqsudaning boshidan oyog'igacha achchiq bir olov yugurgandek bo'ldi.
- Nima? - dedi ovozi titrab.
- Hozir urf bo'lgan matolardan birortayam yo'q. Oldi-berdiga ishlatiladigan matolar kelibdi faqat...
Maqsuda birpas indamay turdi. Shuni kutib turganday tog'asining xotini gapga qo'shildi:
- Qudangiz sarpo tayyorlayotganda, bir ayol: "Nimaga bunaqa qilyapsiz?" deb so'ragan ekan, u: "O'g'lim bilan sevishgan. Yaxshi sarpo bersam-bermasam to'y o'tib ketadi. Mening hali uylantiradigan bolam bor", deganmish...
Maqsudani chaqmoq urganday bo'ldi.
- Shunday debdimi?! Aniq shunaqa gap aytibdimi?! - dedi arang. Rangi ko'kara boshlaganini ko'rgan oyisi darrov vaziyatni yumshatishga harakat qildi:
- Buyam bir gap-da, bolam. Senga, aslida, hech qanaqa sarponing keragi yo'q. Ana, besh jamadon narsa olib qo'yganmiz, tiqilib yotibdi kiyimlaring.
Ammo o'q allaqachon sadoqdan chiqqan edi.
- Shunaqa debdimi?! - takror so'radi Maqsuda va to'ppa-to'g'ri onasining oldiga borib, bo'g'chani dast ko'tardi. - Mana shumi Sharofat chevarning manga yuborgan narsalari?! - Hech kimdan sado chiqmadi. - Agar shu bo'lsa, men bu latta-puttalarni oyog'imga paytava ham qilmayman! Olib borib

• Zo'rlashlarBuzilgan
← lagerdaМаликанинг Кисмати! Хикоячидан →
Mavzuga aloqador
  Яндекс.Метрика   #
ehtirosli.ru hikoyalar hikoya xikoyalar xikoya хикоялар хикоя ҳикоялар ҳикоя хикойалар хикойа ҳикойалар ҳикойа хикоелар хикое ҳикоелар ҳикое ehtirosli hikoyalar extirosli hikoyalar ehtirosli hikoya extirosli xikoya