#EHTIROSLI.RU#
NA SIZGA YOR NA BIZGA YOR...
NA SIZGA YOR NA BIZGA YOR...



Bugun Obod ko`cha mahallasida odamlar gavjum. Ko`chada bir emas ikki xonadon o`g`illari yigitli burchlarini o`tab qaytishdi...

Eshitgan qishloq odamlari, yori-burodorlar to`p-to`p bo`lib kela boshlashdi.

Asir nomozini o`qib chiqqan, Mamarasul buva eshigini yo`parasi, ko`chani u yuzida majnuntol tagiga o`rnatilgan toshsupaga borib o`tirdida. Salom berib yo`ldan o`tayotgan yigitlarni so`roqqa tutdi.
- Qayoqqa ketyabsizlar?
- Mahallayzdagi yigitlar hizmatdan qaytishibdi...
- Aaaaa? -otaxon yaxshi eshitmasligi uchun, kaftini qulog`iga supra qildi. - Kim deding?...
Yigitlardan bittasi ajrab otoxonga yaqinlashib keldida qo`l berib salomlashdi.
- Hoooov narida turadigan, Shodmon akani kichik o`g`li...
- To`raqulni nabirasimi?
- Ha...
- Uni borib kelganiga ancha bo`lgan-u...
- Kattasi borib kelgan, edi. Endi ukasi Ilhom...
- Ilhom!... Anovi sher yozadiganmi?
- Ha buva o`shanisi...
- Vooy zang`ar-eee... Kechagina sumka ko`tarib shu yo`ldan maktabga o`tardi. Darrrov katta bo`lib, armiyaga ham borib ketpi-daaa!
- Uni o`rtog`i Movlon ham bugun hizmatdan qaytdi. Ahmad buvani nabirasi... - yigit hamrohlar ortidam bir qarab qo`ydi. - Buva yuring birga olib ketay, askarlarni ko`rib qaytaytamiz!

* * * * *

Tushga yaqin barcha mehmonlar, ketishdi. Faqat askarlarni o`rtog`lari-u, tanish bilishlari qoldi. Kimlardur, darsurxondagi mayda chulardan cho`qilagan. Boshqalar esa askar olib kelgan, hizmati davrida olingan fota suratlarni tomosha qilmoqda.
Faqatgina, ``Hozir kelaman!`` deya chiqib ketgan, askardan darak yo`q...

Bir necha uy naridagi askarning ham uyida shu ahvol. Uzoqdan kelgan mehmonlarni kuzatib qo`yish boxonasida darvoza hatlab chiqqan Movlon uyga qaytib kirmadi. Kulib turgan bo`lsada, ichini it talayotganday beyjo. Kelganida bunday emasdi. Singlisi bilan pichirlashib bir nimalarni gaplashdi-yu, shu ahvolga tushdi. Huddi barchadan yashirib yurgan sirli narsasini yo`qotib qo`yganday. Na topa olmaydi, na birovdan yordam kuta olmaydi. Darvoza oldida biroz o`rmalashdida, eski piyodalar yo`lakchasiga o`tib kunbotar tomonga qarab ketdi. O`sha ming yillik qadrdonday bo`lib ketgan majnuntol va uning tagidagi eski toshsupa tomonga borar edi. Majnuntolning uzun navdalari tufayli, tagi qorong`u edi. Movlon bir necha qadam qolganda toshsupada kimdur o`tirgani ko`rdi. Yaqinroq borganida u harbiy formada o`tirgan yaqin do`sti Ilhom ekanligini bildi. Do`sting ham ahvoli o`zinikidan qolishmaydi. Kigiz, to`shab qo`yilgan supani bir chetida o`tirgancha Mamarasul buvaning taxta darvozasidan ko`z uzmas edi. Hatto do`sti Movlon yaqinlashganda ham, bir qarab qo`ydiyu yana o`ychan o`sha tomonga tikildi.

- Salom ahvollariz yaxshimi shoyir!
- Ha... Polvon o`zlari yaxshimilar?

Birga o`ynab katta bo`lishgan, bir sinfda o`qishgan. Bir kunda harbiy hizmatga ketib, bir kunda qaytishdi. Hizmatni boshqa-boshqa viloyatlarda o`tab qaytishdi. Lekin huddi, o`n yil bitta xona o`tirganday, hatta bir-birlari bilan og`zaki salomlashishdi. Yana bir-birlariga sizlab gapirishdi. Bu sizlashlar bir biriga hurmatdek tuyulsada aslida kosa tagida nimkosa bor edi...

* * * * *

ANCHA YILLAR AVVAL...


Nozima bolaligidan juda zehinli qiz bo`lgani uchun ota-onasi olti yoshida maktabga berishi. Lekin juda yosh bo`lganigidan, maktabga onasi Nazira opa olib borib, olib kelardi...

Bir kuni Nazira opani zarur ishlari chiqib qoldi. Qizimni biror qo`shnini bolalariga qo`shib, maktabga jo`nataman degan hayolda ko`chaga chiqdi. Baxtiga qizchasidan bir sinf yuqorida o`qiydigan ikkita qo`shni bolakaylar uchradi...

- Hoy. Ilhomjon, Movlonjon...
- Labbay kenayi! - bolalar darrov yetib kelishdi.
- Singlilarni ham birga ola ketiylar...
- Ho`p kenayi...

Ilhom qizchani sumkasini oldi.
- Nozima qizim akalaringni qo`llaridan ushlab ol...

Qizcha onasini so`zini qonun bilib yigitlarni o`rtasiga kirdi va ularni qo`llaridan ushlab oldi.
- Ilhomjon, Movlonjon Nozimani hafa qildirib qo`ymanglar...
- Hovotir olmang kenayi...

Nazira opa, bu yigitchalar tarbiyali oylalarni farzandi bo`lgani uchun, qizidan ko`ngli to`q edi. U adashmagandi...

Shundan keyin yigitlar har kuni mahalladosh qizchani maktabga olib ketib, olib keladigan bo`lishdi. Yuqori sinfga o`tganlarida ham kanda qilishmadi. Yigitlar har kuni, Nozimaning darvozasi yo`parasi, ko`chani u yuzuda o`skan majnuntol tagidagi toshsupada o`tirib uni kutar edilar. Nozima ham yigitlarga o`rganib qolgan, oralaridan qil ham o`tmas edi...
Ilhom bolaligidan gapga usta, qofiya keltirishni ham qoyillatardi. U borligi uchun, suxbatlari hecham sovumasdi. Movlon esa, epchil, chaqqon edi. Nozima yoqimtoy, qiz bo`lgani uchun uning tabasumi-u, qiqrlab kulishini o`ziyoq hammani ko`nglida iliqlik uyg`otardi. Uning o`zi ham yigitlar bilan hecham zerikmas, ularni oldida o`zini juda hotirjam sezardi...

Kundan-kun Nozimani chiroyiga chiroy qo`shilib borardi. Yigitlar ham bo`ylari cho`zilib ulg`ayib borishardi. Ular bilan birga qalblarda muhabbat ham...

Yigit nafaqat qalin do`st, endi bir-birlari uchun chinakam raqib edilar. Yaratgan bu yigitlarni husindan, qoatdan, hatto talatdan ham qismagan

• Qaynilar bilan
← Ayanchli taqdir.YANGAJONIM 1-HIKOYA →
Mavzuga aloqador
  Яндекс.Метрика   #
ehtirosli.ru hikoyalar hikoya xikoyalar xikoya хикоялар хикоя ҳикоялар ҳикоя хикойалар хикойа ҳикойалар ҳикойа хикоелар хикое ҳикоелар ҳикое ehtirosli hikoyalar extirosli hikoyalar ehtirosli hikoya extirosli xikoya