#EHTIROSLI.RU#
Mirzaqand naynovning hasratlari (hajviya)
Anvar Obidjon - Mirzaqand naynovning hasratlari (hajviya)

Goʻlaxlikda
Xotinga yolchimadim, oshna. Bilasan, ustimga sholcha yopinsam, beqasamdek yarashadigan suqsurpoʻrma yigitlardan edim. Pandavoqiligimni qaraki, kelib-kelib, ana shu puchdanakka ilashibman. U bilan oʻnta koʻrpa yirtib, bittayam bola koʻrmadim. Hech boʻlmasa, qiz-piz tugʻib bergandayam, sen gʻariblarga atab kattakon bir osh damlardimki, uni tovoqqa bossak, ustidan it sakrab oʻtolmasdi.

Bunisi yetmagandek, u padari qusurning jahli oʻttiz qopu, nozi qirq lagan degin. Oʻtgan payshanbada itfe’lligi nihoyat boshiga yetib, erim desa ogʻzi toʻladigan mendek shovvozidan ayrilib qoldi. Endi dardini dutorga aytib oʻtirgandir.

Hamma gʻalva Eson-echkining toʻyidan boshlandi. Araq-vinoni shampanning ustidan aralash tortib, pivani gazak qilgan ekanman, bir payt tovonimdan isitma boshlanib, boshimdan hovur koʻtarildi. Gandiraklab borib, kallani birinchi uchragan paqirga suqibman. Unga ortib qolgan qovurmaning suvini agʻdarishgan ekan, burnimga yogʻ tiqilib, moʻylovim quloqqa yopishib qoldi. Paqirdan boshni sugʻurganimni bilaman, atrofdagi bolalar dodlaganlaricha toʻrt tarafga tirqirab ketishdi. Shunda mahallaning oqsoqoli yonimga kelib, «mahalliy hukumat nomidan buyuraman, toʻydan darrov qorangni oʻchir», dedi. Toʻyda hukumat nima qiladi, deb yoqasidan olgandim, bir-ikkita boʻyni yoʻgʻon hay-haylab oraga suqildi. Boʻlmasa, oʻttiz ikki tishini roʻmolchasiga tugib berardim.

Uyga azontalash yetib boribman. Ravotga suyanvolib, xotinni boʻralab chaqiraman degin, qani endi u xumparvachcha tovush bersa. Shaytonim qoʻzib, oyoqdagi kirzavoy bilan darvozani futbol qilvordim. Agar goʻrni shunaqa tepalasang, ming yillik oʻlik mozorni tashlab qochadi.

Xotinim shangʻillaganicha kelib darvozani ochdi-yu, afti-angorimni koʻrib, oʻsma chaplangan qoshi valasapedning roʻliga oʻxshab qoldi. Tovushimdan tanib, oʻziga kelgandan keyin, achitib bir gap aytgan edi, men sasitib soʻkishga tushdim. Shunda u alamiga chidolmay, yetti pushtimni bezovta qiladigan shiltaroq bir qochiriq qistirdi. Ana endi akkash yeng shimarayin-u, sen tomosha qil. Objuvozning sholi yanchishini koʻrganmisan?

Oʻsha toʻpalondayoq xotinni toʻqqiz taloq qilib, shartta uyni tashlab ketdim. Shu-shu, yarimxalastoʻyman. Baxtimizga ota-buvamizdan qolgan choyxonalar borakan, nomardga muhtoj boʻlmay, buqadek lorsillab yuribmiz.

Qani, menga ayt-chi, boshligʻingdan yuqoriroqdagi xoʻjayinlargayam buyruq bervoradigan kattakoning bir kunda nechchi mahal palov yeydi? Pichogʻim garovdaki, oʻshaning ham kuniga ikki mahaldan oshirolmaydi. Choyxonada qaynagan qozon borki, undan bir kosa choʻtal olamiz. Menga oʻxshagan ekstraklas kachigarlar magazinda yelkalig-u, bozorda talamon.

Yashash degani manavinaqa boʻpti, oshna. Senam yuribsan-da xotinga kalish axtarib. Hoʻ, koʻzingni och, galvars, besh kunlik dunyoda oylikka ishlab nima qilasan? Sen notavongayam tumanda birorta choyxona topilib qolar. Qoʻyvorsang-chi oʻsha bedavo xotinni.

Hap, Senimi, Sichqon
Ilonpadar xotin bilan orani ochiq qilganimdan keyin Moʻsaqoʻzining choyxonasida goʻlaxlikka oʻrnashvolib, tuppa-tuzuk yashab yuruvdim. Sanstansiya degan nojins idoraning inspekturi ishning beliga tepdi. Durustroq yuvinmagansan deb, meni bexos ishdan urib tashladi-ya.

Ta’bimga toʻgʻri keladiganroq joylardan ish surishtirib koʻrdim. Sabzavot bazasiga borsam, oshqovoq omborining qorovulligi bor, deyishdi. Unaqa joyda ishlash itimga or, mushugimga nomus.

Oxiri tuman ijroqoʻmidagi bir tanishimning oldiga borib, ahvolni tushuntirdim... Tanishing kim deysanmi? Oʻrtoq Hojimatov degan odam bor ijroqoʻmda... Ie, uni bilasanmi hali? Gaping toʻgʻri, hozircha qorovullik qilyapti.

Xullas, borib ahvolni tushuntirdim. U desang, xitoycha piyoladagi choyni xoʻrillatib, tumandagi har xil idoralarga birma-bir telepoʻn qilishga tushdi. Bu yoqda men unga qarab, «oliftachiligingdan oʻrgildim, gapingni ikki pulga oladigan ahmoq ham bormikin», deb ichimdan tuginib oʻtiribman. Bir mahal u turupkani «shaq» etkizib joyiga qoʻydi-yu, «qoʻl ostimizdagilardan bittasi seni ishga oladigan boʻldi», deb qoldi.

– Eski oʻzbek hammomining bir boʻlagida sichqonlarga qarshi kurashadigan idora ochilgan, – dedi u. – Toʻgʻri oʻsha joyga borib, boshligʻiga uchrashasan.

Hammomga borib, sichqon oʻldiradiganlarning boshligʻini surishtirdim. Tepasiga «Xotinlar uchun» deb yozib qoʻyilgan eshikni koʻrsatishdi. Oyogʻim tortib-tortmay ichkariga kirsam, bashang kiyingan istarasiz odam tamakini buruqsatganicha televizoʻr koʻrib oʻtiribdi. Salom bergan edi, u xuddi oʻrtamizda bojachilik bordek, menga oʻqrayib turib: «Mirzaqandmisan?» – deb soʻradi. «Ha, Mirzaqandman», dedim. «Sen ariza yoz, men qoʻl qoʻyaman», deb qogʻoz-qalam uzatdi.

Otamizning duosini olganakanmiz, mana, bir yumalanib, mas’ul xodim boʻlib qoldik... Bunaqa iljayma, davlatning ishiga aralashgan odam borki, hammasi mas’ul.

Yangi kasbning sirlariniyam allaqachon lippaga qistirdik. Qiladigan ishim – u idoraga borib, polning teshigidan dori yumalataman, bu omborga borib, kandiklarni margumushga toʻldiraman. Ishqilib, qoʻlimdagi qogʻozga muhr urib berishsa boʻldi.

Bundan tashqari, ba’zan tumandagi gazeta

• Super latifalarHajviya
← Latifalar 64!!! (kopr by Gangsta)LaTiFaLaR 13 ( by AkbaRshoX ) :D →
Mavzuga aloqador
  Яндекс.Метрика   #
ehtirosli.ru секс хикоялар, seks hikoyalar, sex hikoyalar, секс хикоя, seks hikoya, ehtirosli hikoyalar, erotik hikoyalar, sex hikoya, эҳтиросли ҳикоялар, эротик хикоялар, extirosli hikoyalar, эхтиросли хикоялар, sekis hikoyalar, xxx hikoyalar, seks xikoyalar, эро хикоя, инцест хикоялар, порно хикоялар, erotic hikoyalar, рассказы, порно рассказы, секс рассказы, читать рассказы, читаем рассказы, рассказ служанки, инцест рассказы, еротические рассказы