#EHTIROSLI.RU#
maslaxat
Odatda, 16-20 yoshlar orasida (hatto ayrimlarda 14,5 yoshdan 21 yoshgacha) shahvoniy hislarning o'ta jo'sh urishi — giperseksuallik davri bo'lib o'tadi. Bu eng xatarli palla— rasida davrining cho'qqisi bo'lib, o'smirlarning goho o'zini idora qilolmay qolishi bilan ham ifodalanadi. Ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin kuchayishi natijasida avdrogen gormonlar ko'p ishlab chiqarilib, vujudni junbishga keltiradi. Hozirgi kunda, akseleratsiya hodisasiga bog'liq holda o'smirlar giperseksualligi davrining o'ziga xos, og'ir tusda kechishi kuzatilmoqda. Bu yoshdagi ko'pchilik o'smirlarda jizzakilik, asabiylik, ko'cha-ko'yga intilish, tengdoshlari bilan ko'proq qizlar mavzusida suhbatlashishni istash, ishqiy sarguzashtlar borasidagi kattalarning lof-qoflariga o'chlik, shahvoniy tomoshalarga ruju qo'yish kabi illatlar paydo bo'ladi. Afsuski, aksari ota-onalar va muallimlar bu yoshdagilarni ta'qiq, tanbeh, koyish bilan yo'lga solib bo'lmasyaigini anglamaydilar va ko'gashcha aks natijaga erishadilar. Ota-onalar vujudida shahvoniy jo'shqinlikdek og'ir o'zgarishlar kechayotgan farzandlarini tashqi muhitning xar xil zararli ta'sirotlaridan, yolg'ondakam, sarob ishqiy tasavvurlardan himoyalash choralarini ko'rishlari lozim. Nazarimda bolalarimizni diskoteka, plyaj, park kabi yalang'och iblislar xukmron dargohlardan, "video" va oynaijahondagi besharmliklardan yiroq tutishimiz shu tadbirlar jumlasidandir. Bu yoshdagi o'g'il bolalar tarbiyasida aynan ota muhim o'rin tutishini unutmaslik lozim. Tomirlarida mislsiz quvvat jo'sh urayotgan o'smirning kuchi ustamonlik bilan boshqa foydali ishlarga yo'naltirilishi joiz. Masalan, o'smirni qiziqarli qo'shimcha dars mashg'ulotlariga, sport to'garaklariga, jismoniy mehnatga jalb etish eng to'g'ri uslublardandir. Ushbu davrni o'z boshidan kechirayotgan o'smirning nazoratsiz qolishi o'ta xatarlidir. Hayotiy misol: Yaqinda tuman sudlarining birida ko'rilgan jinoiy ish bilan tanishiishmga to'g'ri keldi. 5 nafar 16 yoshli tengdosh ogaynilar ota-onasi uyida bo'lmagan bir do'stinikida "bazmi jamshid" uyushtirishgan. Bazmda ozgina sarxush bo'lishgach, qandaydir videotekada erotik kino ko'rishgan. So'ngra betoqatlangancha ko'chaga chiqib, gira-shira tun og'ushida, xilvat joyda o'zlaridan bir necha yosh katta qizni zo'rlashgan. Albatga, jinoyatchilar o'z jazosini olishdi, ammo bu holning ildizi biz o'ylagandan chuqurroqdir. Ma'lum bo'lishicha, bu o'smirlar "og'ir" oilalarning tarbiyasiz farzandlari emas ekanlar. Aslida, shahvoniy hislari jo'sh urgan yoshlarga o'ta salbiy ta'sir ko'rsatuvchi pornografik filmlarni namoyish etib boylik orttirayotgan kimsalar eng asosiy jinoyatchilardir. Ota-onalar o'tish yoshidagi farzandlarining tarbiyasida quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat beripshari shart: O'smir farzandingiz oldida turli xil filmlardagi bepardaliklardan yiroq bo'ling. Farzandingizning qanday filmlarni ko'rishini nazorat qiling, chunki erotik filmlardan tashqari, dahshatli ("ujas") kinolar ham jinsiy va ruhiy aynishlarga olib kelishi isbotlangan. Jumladan, nekrofillar (o'lik bilan jinsiy aloqa qiluvchilar) va sadistlar (juftini qiynashni xush ko'radiganlar)ning ko'pchiligi bolaliklarida "ujas" filmlar ta'sirida o'sib ulg'ayganliklari haqida amriqolik ruhiyotshunoslarning xulosalari mavjud. Unutmaslik kerakki, behayo kinolavhalarning ta'sirida bo'lgan bolalar qusurli fikrlar og'ushida o'sib, jinsiy buzilishlar bo'sag'asiga ancha barvaqtroq qadam bosishlari hech gap emas. Bola har qanday pornografik lavhani asl jinsiy munosabat sifatida qabul qilganligi bois, bachavozlikka moyillik, qizlarda vaflizm (og'iz bilan yaqinlashuv)ga intilish kabi jirkanch holatlarni ham kuzatish mumkin; Shahvoniy jo'shqinlik davrida har qanday zararli ta'sirotlar hirsni benihoya kuchaytirishi bois nomusga tajovuz etish kabi og'ir jinoyatlarga beixtiyor qo'l urish hollari ham ko'p uchraydi. Tabobatda o'smirlik davrini boshdan kechirayotgan yoshlarning pornografik lavhalar ta'sirida hech bo'lmaganda onanizm yoki zoofiliya (hayvonlar bilan jinsiy aloqa qilish)ga ruju qo'yishi mumkinligi aniqlangan. O'smir farzandingiz diskoteka, plyaj, park kabi go'shalardan har doim ham siz o'ylaganchalik hordiq olib qaytmasdan, xirs girdobida bezovtalanib qaytishi ham extimoldan xoli emasligini ko'zda tuting. O'smirlarning bu yoshda buzuq muhitga tushib qolganligi o'z vaqtida aniqlanib, tarbiyaviy tadbirlar qo'llanilmasa, aksarisi sal kechikilsa, aslo to'g'ri yo'lga solib bo'lmasligi hayotiy haqiqatdir.

• Jinsiy faktlarMaslaxat
← SeKs zarari Batafsil + Foydalibuni 6qing,seks turlari.+BRITANICK →
Mavzuga aloqador
  Яндекс.Метрика   #
ehtirosli.ru секс хикоялар, seks hikoyalar, sex hikoyalar, секс хикоя, seks hikoya, ehtirosli hikoyalar, erotik hikoyalar, sex hikoya, эҳтиросли ҳикоялар, эротик хикоялар, extirosli hikoyalar, эхтиросли хикоялар, sekis hikoyalar, xxx hikoyalar, seks xikoyalar, эро хикоя, инцест хикоялар, порно хикоялар, erotic hikoyalar, рассказы, порно рассказы, секс рассказы, читать рассказы, читаем рассказы, рассказ служанки, инцест рассказы, еротические рассказы