#EHTIROSLI.RU#
Jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan eng xavfli kasalliklar! TOP-11 (by Probel)
O‘tgan 20-asrning 70 yillarida
ko‘pchilikka faqat ikkita jinsiy
aloqa orqali yuqadigan kasallik
ma’lum edi. Bizning
davrimizga kelib esa, ularning
soni 25tadan oshgan. Ularning
ba’zilari butunlay bedavo
hisoblanib, tibbiyotchilar
haligacha ularga qarshi
samarali da’voni yarata
olishmadi. Barchaga ma’lumu
mashhur orttirilgan immun
tanqisligi sindromi (OIV) va
genital gerpes virusi shular
jumlasidan.
Qizig‘i shundaki, inson
papilloma virusi, sifilis va
genital gerpes xastaliklari
faqatgina teri orqali yuqib, bu
holda maxsus himoya
vositalari (prezervativlar) hech
qanday yordam bera olmaydi.
Eng yomoni, bu kabi
xastaliklarga chalingan har
uch bemorning ikki nafari hali
25 yoshga to‘lib
ulgurmaganlardir. Dunyo
bo‘ylab har 15 soniyada bir
kishi ana shunday
xastaliklarga chalinadi.
Odamlar ko‘ngilxushlik qilish
istagining shu qadar
kuchliligidan oldida qanday
ayanchli va og‘ir musibatlar
kutayotganiga shunchaki ko‘z
yumishadi. Bu tabiiy hol
albatta. Vujud istak-
xohishlardan o‘t bo‘lib yonsa,
yurak qaynoq, o‘tli
muhabbatni tusab tursa,
fojeali qismat haqida qanday
bosh qotirish mumkin?!
E’tiboringizga havola etishni
istagan quyidagi ma’lumotlar
yoshlarni tizginsiz nafs ortidan
ketsa ularni qanday natijalar
kutishidan ogohlantiradi, bu
yo‘ldan qaytaradi, degan
niyatdamiz.
1. OIV-OITS
OIV – inson immuniteti
yetishmasligi virusi bo‘lib,
orttirilgan immun tanqisligi
sindromining so‘nggi bosqichi
sanaladi. Bunda odam
organizmida ko‘p sonli xavfli
o‘smalar paydo bo‘ladi,
infeksiya, turli virus, bakteriya,
zamburug‘lar keltirib
chiqaruvchi infeksiyalar avj
oladi. Odatda sog‘lom kishilar
organizmi ularga qarshi
yetarlicha kurasha oluvchi
immun tizimiga ega bo‘ladi.
OIV holatidan esa oddiygina
shamollash virusi ham inson
organizmini adoyi tamom qila
oladi. Unutmaslik lozimki,
OITSni davolash imkonsiz, uni
qimmatbaho dori vositalari
yordamida bir muncha vaqt
ushlab turish mumkin xolos.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra
bugun dunyoda 42 million
nafardan ziyod OITSga
chalingan bemorlar ro‘yxatga
olingan (Yana millionlab
bemorlar o‘zining kasal
ekanini bilmaydi yoki buni
barchadan sir tutadi). Ular soni
har kuni kamida 14
mingtadan oshib bormoqda.
OITSning yuqish yo‘llari: qon
orqali — jinsiy aloqa, shprits,
ba’zida homilador ayoldan
go‘dagiga.
2. Sifilis
Jinsiy aloqa vaqtida yuquvchi
kasallikni treponem
mikroorganizmlar keltirib
chiqaradi. Dastlab xastalik bir
oy muddat inkubatsion
rejimda yashirin kechadi.
Shundan so‘ng teri, shilliq
qavatlar, ichki organlar,
suyaklar va asab tizimini
shikastlaydi. Kasallik uzoq
muddat, juda murakkab va
anchagina qimmatga
tushuvchi davolanishni taqozo
etadi.
3. Xlamidioz
Klinik xaritasi: teri-tanosil
kasalliklari ichida «lider». Har
yili bu kasallikka o‘rtacha 100
million kishi chalinadi. Bu
dunyodagi jinsiy faol bo‘lgan
erkak va ayollarning 5-15 foizi
demakdir.
Kasallikni xlamidioza –
Chlamidia trachomatis keltirib
chiqaradi va siydik yo’li
kasalliklari, erektil
funksiyaning sustlashuvi
hamda bepushtlikka olib
keladi.
Shuningdek, xlamidioz
ateroskleroza, suyaklar
zaiflashuvi, qon tomir
kasalliklari, hattoki, qandli
diabetning rivojlanishiga ham
sabab bo‘ladi. Uning ko‘rlika
olib kelgan holatlari ham qayd
etilgan. Xlamidioz muntazam
ravishda immun tizimini
zaiflashtirib, organizmning o‘z-
o‘zini himoya qilish kuchidan
mahrum etadi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,
bemor onadan homilaga.
4. Gonoreya
Mazkur infeksion xastalikni
gonokokklar keltirib chiqaradi.
Ular siydik chiqarish yo‘llari,
ko‘z, og‘iz bo‘shlig‘i va to‘g‘ri
ichakning shilik qavatini
shikastlaydi. Uning dastlabki
alomatlari peshob qilish
vaqtidagi og‘riq va siqishlar,
turli ajratmalar bilan ko‘zga
tashlanadi. Bu paytda
shifokorga murojaat qilinsa,
xastalikni arzonroq, osonroq
va tezroq davolash mumkin.
Aks holda asoratlari
og‘irlashib, surankali tarzga
o‘tadi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,
shaxsiy gigiyena vositalari —
ichk kiyim, mochalka,
sochiqlar.
5. Trixomoniaz
Eng keng tarqalgan siydik yo‘li
kasalliklaridan. Yer yuzi
aholisining taxminan 10 foizi
ushbu xastalikka yo‘liqqan.
Uning tarqatuvchisi bir
hujayrali sodda trixomonad

• IshxonadaJinsiyAloqaBilanYuqadiganKasalliklarProbel
← Jinsiy sovuqqonlik sababi nimada? (by Probel)"Эрим бермаган кайфни бошкалардан топдим" →
Mavzuga aloqador
  Яндекс.Метрика   #
ehtirosli.ru hikoyalar hikoya xikoyalar xikoya хикоялар хикоя ҳикоялар ҳикоя хикойалар хикойа ҳикойалар ҳикойа хикоелар хикое ҳикоелар ҳикое ehtirosli hikoyalar extirosli hikoyalar ehtirosli hikoya extirosli xikoya