#EHTIROSLI.RU#
eR XOTIN JINSIY ISHLARI
Jinsiy aloqaning sifati uning
ko'rinishiga yoki turlariga bog'liq
deyishadi. Haqiqatdan ham
shundaymikin?

Jinsiy aloqa haqidagi ko'plab
kitoblarda uni takomillashtirish yo'llari
ko'rsatilgan. Aloqaning turlicha ko'rinishi, har xil
holatlar, aloqadan oldingi va keyingi vaziyat va
hokazo. Ushbu maslahatlarni yig'sa 1000 dan
oshib ketadi. U maslahatlarga amal qilgan
juftliklarda esa negadur muammo yo'qolmaydi.
Bu muammolarga:

-Ayolning uyalishi;
-Ayolning lazzatlana olmasligi;
-Erkakning aloqani tez tugatib qo'yishi;
-Aloqaga erkak va ayolning befarqligi;
-Jinsiy ojizlik va boshqalar kirishi mumkin.

Juftliklar jismoniy munosabatlarini yaxshilash
niyatida har xil yo'llarni izlaydilar. Tajriba
kamligidan shubha qilib do'st-dugonalardan
maslahat oladilar, ba'zilar kitob va videolarga yuz
o'giradilar.

Natija bo'ladi, lekin 1 oy o'tgach yana eski holat
va eski muammolar.

Nega?

Chunki erkak va ayol o'z jinsiy munosabatlari
bilan bog'liq muammolarni faqat jismoniy
muammolarda deb o'ylaydilar.
Aslida unday emas. Jinsiy munosabatlar
to'g'ridan to'g'ri ruhiy munosabatlarga bo'gliq.
Agar eri-xotin orasida ruhan to'liq yaqilnlik bo'lib,
mehr va muhabbat kuchli bo'lsa, jinsiy
munosabatlarda muammo yuz bermaydi.
Faqatgina salomatlik tufayli
bo'ladigan muammolar bundan mustasno, albatta.
Sizning oilangiz va munosabatlaringizni sizchalik
hech kim bilmaydi. Va minglab olimlarning tavsiya
etgan holatlari sizga ma'naviy va jismoniy
tomondan aslo to'g'ri kelmasligi mumkin. Do'st-
dugonalarning fikri esa undanda zaif bo'ladi.
Ayollar "semirib ketdim, erimga yoqmay
qoldim"deb o'ylaydilar, ozish yo'llarini izlaydilar,
chiroyli ichki kiyim sotib oladilar, xullas jismoniy
ko'rinishiga ahamiyat bera boshlaydilar. Erkaklar
esa, "tez tugab qolmoqda", yoki "tajribam kam"
deb, kitob va videolardan to'g'ri yo'l izlaydilar
yoki undan yomoni do'stlari bilan
maslahatlashadilar. Natijada jinsiy aloqaning
ko'rinishi va holatlari o'zgarishi ro'y beradi xolos.
Muammoni hal qilish yo'li esa bu emas. Muammo
munosabatlarda. Bola-chaqa, uy-ro'zg'or ishlari
bilan band bo'lgan ayolning jisniy aloqaga
qiziqishi qancha bo'la oladi? Kechqurun farzandi
uxlaganda uning eng katta niyati yotib miriqib
uxlab olish emasmi? Yoki ro'zg'ori but bo'lishi
harakatida yurgan erkakning fikri-hayoli moliyaviy
muammolarda bo'lib, jinsiy aloqaga faqatgina
jismoniy ehtiyoj sifatida qaray boshlagani
zerikarlik emasmi? Bu muammolarning birgina
ko'rinishi xolos, hamma oilada ular turlicha
bo'ladi, lekin ta'siri aynan jinsiy munosabatlarga
tegadi.

Shunday ekan, avallambor er-xotin jinsiy
munosabatlari salbiy tomon o'zgarganini sezsa,
uning holatlarini va turlarini o'rganmasdan er-
xotinning o'zaro bo'lgan ruhiy munosabatlariga
ahamiyat berishlari lozim..

Xotini kuni bilan charchamoqdami, demak uning
ham dam olishi uchun imkoniyati bo'lishi kerak.
Erkak kishi ko'chada moliyaviy muammolarni hal
qilib kelayotgan bo'lsa, uni uy muammolari bilan
qiynamaslik maqsadga muvofiq bo'ladi. Oilada
bog'cha yoshidagi bolalar bo'lsa, ba'zida ularni
buvilariga qoldirib eri-xotin yolg'iz qolishi juda
kerak bo'ladi. Lekin bu yo'llar jinsiy munosabat
uchun emas, balki er-xotin bir-biriga boshqa
nazar bilan, charchovsiz holatda mehr va
tushunish bilan qaray olishi uchun mo'ljallangan.
Muhimi, er-xotin ruhan bir-biriga yaqinlashishidir.
Erning xotiniga yordami, xotinining eriga bo'lgan
mehri va parvarishi, oilada tinchlik va hotirjamlik
bo'lishi, bollarning salomatligi hammasi juftlikni
bir-biriga ruhan yaqinlashtiradi. Lekin uyda har
kuni biron muammo yuz bergan, erkakning ishida
qiyinchiliklar, uyda bolaning salomatligi tufayli
ona charchagan, qarindoshlar tufayli er-xotin
janjallashgan va boshqa shu kabi muammolar er-
xotinni bevosita ruhan uzoqlashtira boshlaydi.
Sevgan inson har doim o'z minnatdorchiligini,
sevgisini jinsiy aloqada namoyon qilishni istaydi.
Uning shakli, holati qanday bo'lmasin, agar u
sevgi va minnatdorchilikka to'la bo'lsa, u holda
erkak ham ayol ham undan butunlay qoniqa
oladi. Aks holda, u qanday holatda bo'lmasin, ayol
qanchalik go'zal bo'lmasin, ruhiy munosabatlar
singan bo'lsa, jinsiy munosabatlarni hech narsa
tuzata olmaydi. Albatta erkakning tabiatidan kelib
chiqqan holda uning jismoniy ehtiyojini qondirish
uchun aloqa muntazam ravishda bo'lib turadi.
Lekin

• Er-xotin orasidaXotinJinsiy
← Бегона аёл биланer xotin urtasida →
Mavzuga aloqador
  Яндекс.Метрика   #
ehtirosli.ru hikoyalar hikoya xikoyalar xikoya хикоялар хикоя ҳикоялар ҳикоя хикойалар хикойа ҳикойалар ҳикойа хикоелар хикое ҳикоелар ҳикое ehtirosli hikoyalar extirosli hikoyalar ehtirosli hikoya extirosli xikoya